Yer tuzish xizmati – bu yer tuzishning ma’muriy boshqaruv tarkibidir. Uni O‘zbekiston
Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi
boshqaradi. U viloyat, tuman va shaharlarda bo‘limlariga ega.
Yer tuzish xizmatining bosh vazifasi - davlatning yer bo‘yicha siyosatini amalga oshirish,
yer to‘g‘risidagi qonunlarni hayotga tadbiq etish, yer tuzishni tashkil etish, yer kadastri va yer
monitoringini olib borish, yerdan foydalanish va yerni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini
o‘rnatish hisoblanadi.
Yer tuzish bo‘yicha loyihalash va har xil izlanishlar bilan bog‘liq ishlarni bajarish –
O‘zbek Davlat Yer tuzish ilmiy loyihalash instituti (O‘zdaverloyiha) zimmasiga yuklatilgan. Bu
institut Respublikamizning barcha viloyatlarida o‘zining filial yoki bo‘limlariga,
aerofotogeodezik ishlarni
Mualliflik nazorati - yer tuzish bo‘yicha loyiha instituti mutaxassislari amalga oshiradi.
Mualliflik nazorati davrida loyiha instituti mutaxassislari yer egalari va yerdan
foydalanuvchilarga loyihada ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish jarayonida kelib chiqqan
boshqa ishlarni bajarishda yordam ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda yer islohotining huquqiy asosi - «Yer to‘g‘risida» gi (1990 y.), «Ijara
to‘g‘risida» gi (1991 y.), «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi (1992 y.), «Yer kodeksi» (1998 y.),
«Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi (1998 y), «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi (1998 y.), qonunlar.
Xo‘jaliklararo yer tuzish - uning yordamida yer resurslaridan foydalanishni va ularni
muhofaza qilishni tashkil etishga qaratilgan yer tuzish turlaridan biridir.
Xo‘jaliklararo yer tuzish - bu xalq xo‘jaligida, uning tarmoqlarida, yerdan foydalanishni
va uni muhofaza qilishni tashkil etish, yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning yer fondlari,
xo‘jaliklarning yer uchastkalarini tartibga so-lish va o‘zgartirish, yangilarini tashkil etish, ularni
joylarda ajratish, ma’mu-riy-hududiy bo‘linmalar va maxsus qo‘riqlanadigan hududlar
chegaralarini belgi-lash bo‘yicha tadbirlar tizimi va jarayonidir.