Tabiiy resurslar - bu ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining hozirgi darajasi imkon
beradigan, insoniyat moddiy va ma’naviy talablarini qondirish maqsadida foydalanilayotgan yoki
foydalanilishi mumkin bo‘lgan tabiat elenentlaridir (mehnat predmetlari va vositalari, iste’mol
predmetlari.
Yer munosabatlari - bu odamlar orasidagi yerni taqsimlash, unga egalik qilish yoki
foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlardir. U ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy
qismi bo‘lib, jamiyatning iqtisodiy bazisi tarkibiga kiradi.
Jamiyatning yer tuzumiga – bu jamiyatda mavjud va xuquqiy belgilangan yerda xo‘jalik
yuritish turlari va ularga mos mulkchilik turlari tizimi asosida vujudga kelgan yer
munosabatlarining majmuidir.
Yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar - bu korxonalar, shirkat va jamoa
xo‘jaliklari, muassasalar, ayrim fuqorolarning aniq maqsad yo‘lida, belgilangan huquq va
majburiyatlarga mos ravishda, yerdan foydalanish tartibidir.
Yer egaligi - aniq maqsad uchun belgilangan tartibda yerga egalik qilish huquqi bilan
berilgan, aniq o‘rniga, maydoniga, yer turlari tarkibiga ega bo‘lgan va hududi aniq chegaralangan
yer bo‘lagidir.
Xudud - bu yer yuzasining chegaralangan, o‘ziga xos tabiiy va antropogen (inson
tomonidan yaratilgan) xususiyatlarga, resurslarga ega, joylashgan o‘rni, maydoni, shakli, relefi,
kengligi va boshqa sifatlari bilan tavsiflanadigan bo‘lagi.
Xududni tashkil qilish – bu yer yuzasining aniq bir qismini (yer bo‘lagini) tartibga
keltirish, tuzish, aniq ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlarga mos tushadigan tizimga
keltirishdir.
Yer islohoti – bu jamiyatdagi yer mulkchiligi turlarining o‘zgarishini, yerni bir yer
egasidan yoki foydalanuvchidan olib, boshqasiga berishni va o‘zgarayotgan yer qonunlariga mos
ravishda hududni tashkil qilish turlarini o‘zgartirishni qonuniy rasmiylashtirishdan iboratdir.
Yer turlari – bu aniq xo‘jalik maqsadlari yo‘lida muntazam foydalaniladigan yoki
foydalanishga yaroqli va bir-biridan o‘zining tabiiy tarixiy xususiyatlar va belgilari bilan farq
qiladigan yer bo‘laklaridir.