O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   139
Yer tuzish

 
 
 
Tabiiy resurslar
- bu ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining hozirgi darajasi imkon 
beradigan, insoniyat moddiy va ma’naviy talablarini qondirish maqsadida foydalanilayotgan yoki 
foydalanilishi mumkin bo‘lgan tabiat elenentlaridir (mehnat predmetlari va vositalari, iste’mol 
predmetlari. 
Yer munosabatlari
- bu odamlar orasidagi yerni taqsimlash, unga egalik qilish yoki 
foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlardir. U ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy 
qismi bo‘lib, jamiyatning iqtisodiy bazisi tarkibiga kiradi.
Jamiyatning yer tuzumiga
– bu jamiyatda mavjud va xuquqiy belgilangan yerda xo‘jalik 
yuritish turlari va ularga mos mulkchilik turlari tizimi asosida vujudga kelgan yer 
munosabatlarining majmuidir.
Yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar
- bu korxonalar, shirkat va jamoa 
xo‘jaliklari, muassasalar, ayrim fuqorolarning aniq maqsad yo‘lida, belgilangan huquq va 
majburiyatlarga mos ravishda, yerdan foydalanish tartibidir. 
Yer egaligi
- aniq maqsad uchun belgilangan tartibda yerga egalik qilish huquqi bilan 
berilgan, aniq o‘rniga, maydoniga, yer turlari tarkibiga ega bo‘lgan va hududi aniq chegaralangan 
yer bo‘lagidir. 
Xudud
- bu yer yuzasining chegaralangan, o‘ziga xos tabiiy va antropogen (inson 
tomonidan yaratilgan) xususiyatlarga, resurslarga ega, joylashgan o‘rni, maydoni, shakli, relefi, 
kengligi va boshqa sifatlari bilan tavsiflanadigan bo‘lagi. 
Xududni tashkil qilish
– bu yer yuzasining aniq bir qismini (yer bo‘lagini) tartibga 
keltirish, tuzish, aniq ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlarga mos tushadigan tizimga 
keltirishdir. 
Yer islohoti
– bu jamiyatdagi yer mulkchiligi turlarining o‘zgarishini, yerni bir yer 
egasidan yoki foydalanuvchidan olib, boshqasiga berishni va o‘zgarayotgan yer qonunlariga mos 
ravishda hududni tashkil qilish turlarini o‘zgartirishni qonuniy rasmiylashtirishdan iboratdir. 
Yer turlari
– bu aniq xo‘jalik maqsadlari yo‘lida muntazam foydalaniladigan yoki 
foydalanishga yaroqli va bir-biridan o‘zining tabiiy tarixiy xususiyatlar va belgilari bilan farq 
qiladigan yer bo‘laklaridir. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin