Xo‘jaliklarda ichki yer tuzish loyihalari - faqat qishloq xo‘jalik korxonalari uchun
tuziladi. Ularning asosiy vazifasi yerdan foydalanishni va yerlarni muhofaza qilishni hamda yer
bilan ajralmas bog‘langan ishlab chiqarish vositalarini oqilona va samarali tashkil etishdan
iborat. Shuning uchun ham xo‘jaliklarda ichki yer tuzish loyihalari nafaqat, qishloq xo‘jalik
korxonalari xududlarini tashkil etishni balki, aholi yashash tizimini, ishlab chiqarishni, mehnatni
va boshqarishni ham tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Yerni tuzish - yerdan va u bilan ajralmas bog‘liq boshqa ishlab chiqarish vositalaridan,
ishchi kuchlaridan belgilangan tartibda foydalanishni tashkil qilish tushuniladi.
Yer tuzishni loyihalash bosqichlari - tayyorgarlik ishlari; yer tuzish loyihasini ishlash;
loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash; loyihani joylarga ko‘chirish; yer tuzish hujjatlari
va materiallarini rasmiylashtirish va buyurtmachiga berish; yer egalari va yerdan
foydalanuvchilar tomonidan loyihaning bajarilishi ustidan mualliflik nazorati.
Tayyorgarlik ishlari - ikki qismga bo‘linadi: kameral tayyorgarlik ishlari va dala
izlanishlari.
Yer tuzish loyihasining tarkibiy qismlari - bu bir-biri bilan bog‘liq va bir maqsad
yo‘lida birlashtirilgan loyihaning asosiy vazifalari majmuidir.
Loyiha elementlari - bu loyiha planida va yerda natijalari ko‘rsatiladigan loyihaviy
masalalardir.
Loyihalashning kompleks texnologiyasi - an’anaviy texnologiya bilan birgalikda yer
tuzishning ayrim masalalarini yechish uchun matematik modellashtirish va iqtisodiy-matematik
usullardan foydalanishga asoslangan. Bu texnologiya masalalarning optimal yechimini topishga
asoslangan bo‘lib, loyihaning quyidagi ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini beradi: