Yer tuzish loyihasi - xalq xo‘jaligida yerdan samarali foydalanishni ta’minlovchi yer
landshaftlarini yaratishga, ularni iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik baholashga qaratilgan, hamda
ularga huquqiy asos beradigan hujjatlar to‘plamidir. Yer tuzishni loyihalash ishlari
qishloq xo‘jalik va noqishloq xo‘jalik korxonalarida, korxonalararo birlashmalarda olib boriladi.
Yer tuzishni loyihalash fani – yerdan to‘la va samarali foydalanishni tashkil qiluvchi
loyihalarning nazariy asoslarini, turlarini, tarkibini, amaliy bajarilishini va hayotga tadbiq qilish
yo‘llarini o‘rgatuvchi fandir.
Yer tuzish tizimining tarkibiy qismlari - qonunlar bilan belgilangan yer tuzish ishlari;
aniq, qonuniy belgilangan yer tuzish ishlarini bajarish tartibi; yer tuzish hujjatlarining
tasdiqlangan ro‘yxati; yer tuzish faoliyati bilan shuhullanuvchi maxsus tashkil etilgan yer
tuzish xizmati; yer tuzishni tashkil etish; yer tuzish qatnashchilari; mutaxassislarni tayyorlash,
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi.
Yer tuzishni loyihalash tizimi bosqichlari - loyiha oldi, loyihalash va loyihani hayotga
tadbiq etish
Tuman yer tuzish chizmasi - asosiy loyiha oldi hujjati hisoblanadi va tuman yer
resurslaridan foydalanish va uni muhofaza etishning kelajakdagi (10-15 yildan kam bo‘lmagan
davrdagi) eng samarali yo‘llarini aniqlaydi. U tuman agrosanoat majmuasi va boshqa
tarmoqlarini, yer egaliklari va yerdan foydala-nuvchilar tizimini rivojlanishtirishning asosiy
yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Yer tuzish loyihalari - xo‘jaliklararo va xo‘jaliklarda ichki yer tuzish
Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari - yangi qishloq xo‘jalik korxonalalarini tashkil etish,
mavjud korxonalar yerlaridagi kamchiliklarni tugatish, noqishloq xo‘jalik korxonalariga yer
ajratish masalalarini yechadi.