O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   139
Yer tuzish

Yerni muhofaza qilish
– bu yerning sifatini pasaytirishga sabab bo‘ladigan hamda 
yerdan foydalanish tartibining buzilishiga olib keladigan jarayonlarni tugatish va olishga 
qaratilgan tashkiliy – xo‘jalik, agranomik, texnik, meliorativ, iqtisodiy va huquqiy tadbirlar 
to‘plamidir.
Yer tuzish
- bu ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo‘lib, yerdan foydalanish, uni muhofaza 
qilishni tashkil etish, yer egaliklari va yerdan foydalanuvichlarni maxsus yer fondlarini tashkil 
qilish va tartibga solish, qishloq xo‘jalik korxonalari va dehqon xo‘jaliklari hududlarini tashkil 
qilish, tabiiy landshaftlarni yaxshilash va maqbul ekologik muhit yaratishdir. 
Chizma (sxema)
- bu yerdan uzoq kelajakda yaoqilona foydalanish va muhofaza qilish 
yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha loyihadan oldingi hisob-kitoblar va mulohazalar majmuidir.
Yer tuzish loyihasi
– bu texnik, iqtisodiy va huquqiy hujjatlar majmui bo‘lib, o‘z ichiga 
chizmalar, hisob-kitoblar, bayonnomalarni olib, ularda aniq hudud bo‘yicha takliflar, chizmalar, 
yozma bayon va aniq hisob-kitoblar keltiriladi. 
Loyihaning tarkibiy qismlari
– bu yerdan foydalanishni va uni muhofaza qilishni 
tashkil etishning asosiy masalalari bo‘lib, ular bir-birlari bilan bog‘liq holda, uning mazmunini 
tashkil etadi.
Loyiha elementlari

loyiha chizmasida aks ettiriladigan va joylarga ko‘chiriladigan 
loyiha tadbirlariga aytiladi. 
Glossariy 


90 
Yer tuzishning asosiy vazifalari
- yerdan samarali foydalanishni tashkil qilish, tuproq 
unumdorligini doimiy oshirib borish, dehqonchilik madaniyatini ko‘tarish, ilm-fan va texnika 
yutuqlaridan foydalanishga sharoit yaratish, yerni va atrof muxitni qo‘riqlash 
Loyiha
 
- bu inshootlar, mexanizmlar, binolar, ilg‘or texnologiyalar va boshqalarni 
yaratish, amalga oshirishning hisob-kitoblari, yo‘llari va chizmalari keltirilgan hujjatlar 
to‘plamidir. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin