87
Umuman, yer tuzish fanining ahvoli hali zamonaviy talablarga javob bermaydi.
Uning yer
tuzish va yerdan oqilona foydalanish bo‘yicha loyihaviy ishlarni ilmiy ta’minlashdagi roli
tarmoqlararo ham, tarmoqlarda ham, ayniqsa qishloq xo‘jaligida yetarlik emas, yer tuzish va
ekologiyaning zaruriy bog‘lanishi sezilmaydi. Ko‘p ukladli
iqtisodiyotning rivojlanishi, yerga
xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi, yer aylanishining murakkablashishi bilan bog‘liq paydo
bo‘ladigan masalalarni yechish faqat endigina nazarda tutilmoqda. Bu sohalarda jiddiy yutuqlarga
erishish uchun yer tuzishning ayrim umumuslubiy marralariga
aniqlik qiritish kerak; ulardan eng
asosiylarini sanab o‘tamiz.
1.
Yer tuzish nazariyasiga eng avvalo yer tuzishning yerdan oqilona foydalanishni tashkil etish
bo‘yicha tadbirlar tizimi sifatida tushunchasini, maqsadlarini, vazifalarini, mazmunini, turlarini, har
xil ko‘rinishlarini, shakllarini va tamoyillarini aniqlash kiradi. Nazariya amaliyotga yo‘nalish va aniq
kelajakni beradi. Demak, unga nafaqat uslubiyat, ya’ni, «nimani va nima uchun qilish kerak?» degan
savolga javob, balki usulni ham, ya’ni «qanday qilib va qanday ketma-ketlikda uni bajarish kerak?»
degan savolga ham javob kiradi.
2. Ilmiy muammolar ichida umumiy va xususiylarini, uslubiyat va uslublarni ajratish kerak.
Yerning ishlab chiqarish vositasi va tabiiy resurs sifatida faoliyatining umumiy qonuniyatlari asosida
yer resurslaridan foydalanishni tashkil etishning umumiy tamoyillari shakllantiriladi,
barcha
vaziyatlarda loyiha yoki chizma yerdan foydalanishni tashkil etish yo‘llarini, usullarini, amallarini
ko‘zda tutuvchi bashorat yoki reja tuziladimi ularga rioya qilish kerak. Bunday tamoyillarni hamda
tushunchalar, maqsadlar va vazifalarni ifodalash yer tuzishning ilmiy asoslarining asosiy mazmunini
tashkil etadi.
3.
Dostları ilə paylaş: