Fan: bolalarda boshlang’ich matematik tushunchalarni rivojlantirish
Toshkent viloyati angren universiteti Bajardi: Bt-121 guruh yuldasheva.z Tekshirdi: mamedova m.m
O‘lchash haqida tushuncha. Bolalarda shartli o‘lchov yordamida turli o‘lchamlarni o‘lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish
O`qitishning dastlabki oylarida maktabgacha eshdagi bolalarning o`zlariga geometrik figuralar – doira va kvadratlarni farq qilish hamda to`g`ri aytish malakalarini mustahkamlash kerak. Bu ishni gruppalarni miqdoriy taqqoslash mashqlari va sanoqqa o`rgatish deb aytilishini bola anglaydi.
Reja
1.Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning kattaliklari bilan tanishtirish.
3.O‘rta guruhda bolalarni buyumlarning miqdor, kattaliklari bilan tanishtirish.
4.Katta guruhda bolalarni buyumlarning miqdor, kattaliklari bilan tanishtirish.
5.Tayyorlov guruhda bolalarni miqdor, kattaliklar bilan tanishtirish.
Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning kattaliklari bilan tanishtirish
Маktabgacha yoshdagi bolalarda bog‘chada elementar matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda dasturning “Kattalik” bo‘limida narsalarni kattaliklari bo‘yicha taqqoslash malakalarini, o‘lchash faoliyatlarini amalga oshirishga, narsalarning shakllarini aniqlash va boshqa malakalarga katta ahamiyat beriladi.
Kattaliklar. Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning kattaliklari bilan tanishtiruvchi masalalar ma’lum o‘rinni egallaydi.
Har qanday buyumga to‘g‘ri to‘liq tavsifnoma berishda buyum kattaligining ahamiyati uning boshqa asosiy xususiyatlarining ahamiyatidan kam emas. Taqqoslash asosidagina buyumning kattaligini ta’riflash mumkin.
Rus matematik metodisti D. Galanin “kattalik” tushunchasining ma’nosini bunday ifodalaydi: “kattalik deb, buyum va harakatlarning shunday xususiyatiga aytiladiki, bu xususiyat bo‘yicha buyumlarni bir-biri bilan taqqoslay olamiz, bu xususiyat har xil buyumlarda har xil miqdorda bo‘lishi mumkin”. Buyumlarni taqqoslashning mezonlariga ko‘ra ularning kattaliklari, tengligi yoki tengsizlik munosabati aniqlanadi. Ammo har doim ham buyumlar bevosita taqqoslanavermaydi. Biz ko‘pincha buyumlarning kattaliklarini o‘zimizda hosil bo‘lgan umumiy tasavvurlar (fikr)da taqqoslaymiz. Bu o‘rinda idrok qilinayotgan buyumning kattaligi umumlashtirilgan obraz bilan taqqoslanadi, bu obrazda buyumlarni amalda farqlash tajribasi tugallangandek bo‘ladi.
Kattalik, shuningdek, o‘zgaruvchanlik bilan ham xarakterlanadi. V.V.Davidov bunday deydi: “o‘lchamlar— obyektning shunday holatiki, u ma’lum chegaralargacha o‘zgara borib, aqalli berilgan alohida obyektni o‘zgartirsa, ham, ammo uning tur, boshlang‘ich sifatini o‘zgartirmaydi”. Stol uzunligining o‘zgarishi uning kattaliginigina o‘zgartiradi, ammo uning mazmuni va sifatini o‘zgartirmaydi, stol stolligicha qolaveradi.
Buyumning kattaligini idrok qilib, biz buyumning hajmi borasida to‘liq mo‘ljal (oriyentir) olamiz va shundagina uni “katta-kichik” so‘zlari bilan aniqlaymiz yoki alohida uzunliklarning (uzunligi, kengligi, balandligi) nisbati haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Bunda subyekt uchun har bir konkret holda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan uzunlik ko‘p holda kattalikni aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu holda kattalikning “baland”, “past”, “uzun”, “yo‘g‘on” kabi aniq ta’riflaridan foydalanadilar (“Bolaga past stul kerak”, “Mashinalar keng yo‘ldan bormoqda”, “Baland archa sotib olishdi” va h.k.)