O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Oxirigi o‘n yilliklarda yer tuzishning urushdan keyingi yillarda xalq xo‘jaligini



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   139
Yer tuzish

Oxirigi o‘n yilliklarda yer tuzishning urushdan keyingi yillarda xalq xo‘jaligini 
tiklash va yanada rivojlantirish dasturi bilan bog‘liq, yer tuzishning qator uslubiy 
masalalarini yorituvchi boshqa ishlar ham chop etildi.


85 
V.P.Proshlyakov, P.K.Tatur, V.S.Artomonov va boshqalarning sug‘oriladigan mintaqalarda 
hududlarni tashkil etish bo‘yicha ishlari. 
Bu davrda chop etilgan monografiyalarda, to‘plamlarda va jurnallar maqolalarida yer 
tuzishni loyihalashning kengroq asosda, mamlakatning har xil mintaqalariga va tabiiy-
iqtisodiy sharoitlariga mos usullari rivojlantirildi. Izlanishlarga ishlab chiqarish tajribasini 
o‘rganish va umumlashtirish hamda oliy o‘quv yurtlari kafedralari tomonidan yer tuzish 
organlari bilan birgalikda tashkil etilgan ekspeditsiyalar bajargan kolxozlar va sovxozlarda 
yer tuzish bo‘yicha kompleks ishlar asos qilib olindi. Birinchi marta yirik suv omborlari suvi 
bilan qoplanadigan yerlar mintaqasida yer tuzishning asosiy uslubiy asoslari ishlab chiqildi. 
Yer tuzishning mazmuni va uslubiyati takomillashgan va to‘la tarzda 1951 y. 
prof.S.A.Udachin taxriri ostida chiqarilgan (mualliflar S.A.Udachin, G.I.Goroxov, N.N.Burixin, 
N.I.Proku-ronov, Ya.M.Sfasman, G.V.Cheshixin va boshq.) «Yer tuzishni loyihalash» darsligining 
ikkinchi nashrida bayon etildi. Keyinchalik bu darslik yana bir necha marta qayta nashr etildi (1958, 
1962, 1969 yillarda). 
Urushdan keyingi yillarda sovet yer tuzish ilmiy maktabining shakllanishi tugadi, uni uch o‘n 
yillik davomida VASXNIL akademigi, RSFSR da xizmat ko‘rsatgan fan arbobi prof. S.A.Udachin 
(1903-1974 y.) boshqardi. Yer tuzish nazariyasi va uslubiy asoslari bo‘yicha asosiy ishlar, yer tuzish 
va yerdan foydalanishning boshqa masalalari bo‘yicha ko‘p sonli ishlar uning qalamiga mansub. 
Ularda yer tuzishning ilmiy tushunchasi, uning maqsadi, vazifalari, rivojlanish qonuniyatlari va 
umumiy tamoyillari ifodalangan. U tomonidan yer tuzishni ikkita asosiy turga - xo‘jaliklararo va 
xo‘jalikda ichki yer tuzishga bo‘lish taklif etildi, xo‘jalikda ichki yer tuzishning mazmuni (uning 
tarkibiy qismlari va elementlari) ishlab chiqildi; bularning barchasi zamonaviy yer tuzish 
amaliyotida maxkam o‘rnashdi.
Sovet yer tuzuvchi olimlarining ilmiy izlanishlari 60-80-chi yillarda yer tuzish nazariyasini 
yanada rivojlantirishga va uslubiyatini takomillashtirishga qaratilgan edi. Bu vaqtda bizning 
davrimizda ham ma’lum nazariy qiziqish va amaliy qimmatga ega ko‘p sonli monografiyalar
mavzuli to‘plamlar va jurnal maqolalari chop etildi. Ularda har xil tabiiy-iqtisodiy va ishlab 
chiqarish sharoitlarida yer tuzish ishlarini o‘tkazish usullari asoslanadi, yer tuzish va qo‘shni 
injenerlik-iqtisodiy va texnik masalalari orasidagi o‘zaro aloqa ochib beriladi, Rossiyadagi yer tuzish 
va yer munosabatlarining rivojlanish tarixi ko‘rib chiqiladi.
Yer tuzish masalalarini yechishga yagona yondashuvni, umumiy nazariy marralarni ishlab 
chiqishda MIIZ va boshqa qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarining yer tuzish fakultetlari doimiy 
o‘tkazadigan ilmiy-amaliy anjumanlar ahamiyatli rol o‘ynadi, ularda olimlar bilan bir qatorda loyiha 
institutlari va yer tuzish hizmati xodimlari ham qatnashdilar. Bunday anjumanlar yerdan foydalanish 
va yer tuzishning boshqaruv organlari tomonidan ham o‘tkazilib turildi. 
1967 yildan boshlab Moskvada mamlakatda yer resurslaridan foydalanish, yerdan foydalanish 
va yer tuzishning boshqa masalalari bo‘yicha izlanishlar olib boruvchi Davlat yer resurslari ilmiy-
tekshirish instituti (GIZR) faoliyat ko‘rsata bo
щ
ladi. U ilmiy-ishlab chiqarish anjumanlarining 
tashkilot-chilaridan biri, ilmiy izlanishlar muvofiqlashtiruvchisi sifatida to‘plamlarni nashr etar edi. 
Oliy yer tuzish ta’limi ham keng rivojlandi. Mamlakatdagi eng qadimiy Yer tuzish bo‘yicha davlat 
universitetidan (u 1999 yili 220 yoshga to‘ldi) tashqari ittifoqdosh respublikalarning yirik qishloq 
xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarida yer tuzish fakultetlari faoliyat ko‘rsatadi. Bu fakultetlar jumlasiga 1945 
y. tashkil etilgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari 
institutining Yer tuzish fakulteti ham kiradi. Bu universitet va yer tuzish fakultetlarining ilmiy 
xodimlari o‘zlari joylashgan mintaqalar xususiyatlariga mos yer tuzish usullari sohasida har xil 
izlanishlarni olib borishmoqda.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin