83
O‘tgan asrning 20 yillarida yer tuzish fanida matematik yoki texnik-geodezik deb
ataladigan yo‘nalish paydo bo‘ldi; uni V.I.Kirkor, V.Lunev va K.N.Sazonov ishlarida ko‘rish
mumkin. F.G.Nekrasov va A.A.Rjanis
ы
nlarning ilmiy ishlari maxsus o‘rinni egallashdi; ularni
yer tuzishdagi yozma (bayonnoma) oqimiga kiritish mumkin. Bu ikki doktrina ham birinchi
qatorga yer tuzish ishlarining formal (yuzaki) holatlarini surishdi; matematik yo‘nalish
tarafdorlari, asosan, barcha xilma-xil yer tuzish ishlarini maydonlarni bo‘lish va boshqa texnik
usullarga, yozma yo‘nalish esa - huquqiy me’yorlar va yer tuzishning protsessual
xususiyatlarini taxlil qilishga bog‘lashdi.
Qishloq xo‘jaligini ommaviy kollektivlashtirish boshlanishi bilan prinsipial yangi vaziyat
yuzaga keldi. Qishloqdagi shaxsiy yer ukladini tezlik bilan jamoa ukladiga almashtirishni ta’minlashi
kerak bo‘lgan yer tuzishning yangi usullarini ishlash talab etildi. Yer tuzishning yangi usullarining
faol targ‘ibotchisi prof. I.D.Shuleykin (1901-1938 y.) bo‘ldi. U tomonidan yer tuzishning uch shakli
taklif etildi va asoslandi: jamoa xo‘jaliklarida ularni tashkil etish davrida oddiy yer tuzish (yer
ko‘rsatish); chuqurlashtirilgan yer tuzish - yirik kolxozlar va sovxozlarda mexanizatsiyalashgan va
industriallashgan ishlab chiqarish
uchun hududni tashkil etish; o‘tkinchi shakl - oddiy yer tuzish
kamlik qiladigan, chuqurlashtirilgan yer tuzishga ham erta bo‘lgan xo‘jaliklarda yer tuzish. Umuman
teskari nuqtai nazarlar ham bo‘lib turdi. Masalan, «Traktorsentr» rahbari agronom A.A.Markevich
matbuotda yer tuzishni olib tashlash» nazariyasi bilan chiqdi. U «....mashina
traktor stansiyalari
tashkil etilishi bilan yer tuzish muammosi o‘zining barcha o‘ziga xos qiyinchiliklari bilan umuman
yo‘qolib ketadi» deb ta’kidladi. Bu konsepsiya agrar-iqtisodchilar va ilmiy yer tuzish jamooatchiligi
tomonidan keskin qarshilikka uchragan bo‘lishiga qaramasdan yer tuzish kelajagiga ishonchsizlik
tug‘dirib va qandaydir vaqtga yer tuzish xizmatini izdan chiqarib, o‘zining salbiy rolini o‘ynashga
ulgurdi.
Kolxoz va sovxozlarni - yirik jamoa korxonalarini ommaviy tashkil etish yer tuzish fanidan
qiyin masalani yechishni - yirik xo‘jaliklar hududlarini tashkil etish uslubiyatini
ishlab chiqishni
talab etdi. Buning uchun ilmiy ishlarni tashkil etishning yangi shakllaridan foydalaniladi. Masalan,
Moskva chegaralash institutida ilmiy-tekshirish byurosi tashkil etildi,
u keyinchalik VASXNIL
(qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi) tarkibiga kiruvchi hududni tashkil etish ilmiy-tekshirish
institutiga aylantirildi. Unga I.D.Shuleykin
rahbarlik qildi, unda N.I.Prokuronov, N.N.Burixin,
S.A.Udachin, S.D.Cheryomushkin va boshqa olimlar faol ishladilar. Yer tuzish fani bevosita
amaliyot bilan bog‘landi; byuroda ishlangan uslubiyat g‘allachilik sovxozlarida yer tuzish bo‘yicha
ko‘rsatmalarga, keyin esa har xil yo‘nalishlardagi sovxozlar hududlarini tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatmalar to‘plamiga 1932 y. ham asos qilib olindi.
84
30 yillarda yer tuzishning bir martaligi nazariyasining turi sifatida
hududni uning relefini,
tuproqlarini va sharoitini hisobga olmasdan 100 gektarlik kvadratlarga bo‘lish yo‘li bilan universal
tashkil etish konsepsiyasi paydo bo‘ldi, «Universal» yer tuzish tarafdorlari hududni xoxlagandek
tashkil etishni shunday kataklarni guruhlash yo‘li bilan amalga oshirish mumkin deb hisoblashar edi.
Hattoki, bu doktrinani ayrim janubiy mintaqalarda amalga oshirishga urinishlar ham bo‘ldi, lekin u
tezda amalga oshirib bo‘lmasligi yaqqol sezilib, to‘xtatildi.
Kolxozlar va sovxozlarni tashkiliy-xo‘jalik jihatidan mustaxkamlashdek ahamiyatli masalani
yechish uchun fan tomonidan
Dostları ilə paylaş: