O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Yer tuzish tushunchasi va mazmuni to‘g‘risida keskin ilmiy munozara shu vaqtda



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   139
Yer tuzish

Yer tuzish tushunchasi va mazmuni to‘g‘risida keskin ilmiy munozara shu vaqtda 
Moskva chegaralash institutida va maxsus yer tuzish jurnallari sahifalarida ham davom etdi. 
Ikki yo‘nalish - ijtimoiy - iqtisodiy (N.V.Krasavin, S.G.Kolesnikov, P.N.Pershin, .I.D 
Shuleykin) va tashkiliy - huquqiy (prof.O.A.Xauke va uning izdoshlari) kurash olib bordi. 
O.A.Xauke yer tuzishni huquqiy qayta tashkil etuvchi akt deb hisoblab, uning xo‘jalik 
mazmunini va sinfiy xarakterini inkor etdi. Uning muxoliflari, aksincha, birinchi qatorga yer 
tuzishning ijtimoiy-siyosiy, sinfiy mazmunini chiqarishdi va uning mazmuni har xil tarkibiy 
davrlarda bir xil emasligini tasdiqlashdi. Bu konsepsiya keyinchalik yer tuzish fani va 
amaliyotida ustivorlikni qo‘lga oldi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Taniqli agrar-iqtisodchi prof. Pershin (1891-1970 y.) yer tuzishning ma’muriy-huquqiy 
konsepsiyasini qattiq tanqid qildi. 1925 yildayoq u rejali xalq xo‘jaligida «...hududni yer tuzish 
bilan moslashtirish davlatning ijtimoiy (jamoa) xo‘jaligi shaklidagi jamiyat ishlab chiqarish 
kuchlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashkiliy ishlari mahsuliga aylanadi» degan edi. 
Sovet hokimiyatining birinchi yillaridan boshlab, u mamlakatdagi agrar o‘zgarishlarni ishlab chiqish 
va qonuniy rasmiylashtirishda faol ishtirok etdi. Uning 1918 y. yaratilgan «Yerga jamoa bo‘lib ishlov 
berish to‘g‘risidagi qoidalar» mavzusidagi ishi rasmiy «Sotsialistik yer tuzish va sotsialistik 
dehqonchilikka o‘tish choralari to‘g‘risidagi qoidalar» ga kiritildi. Bizning davlatimiz agrar 
tizimidagi revolyusion o‘zgarishlarda yer tuzishning rolini baholash, xususan, shaxsiy dehqon 
xo‘jaliklarini ijtimoiy-jamoa xo‘jaliklariga tubdan qayta qurishni amalga oshirish, u tomonidan to‘la-
to‘kis «Rossiyada agrar revolyusiya» (1966 y.) nomli, Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan ikki jildli 
monografiyada keltirilgan.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin