O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   139
Yer tuzish

 
 
 


79 
 
 
 
 
 
 
Yangi yer qonunchiligiga asoslanadigan zamonaviy yer tuzish amaliyoti uzoq vaqtlar davomida 
ishlangan uslubiy va uslubiyot ko‘rsatmalari va tavsiyalariga ham suyanadi. Yer tuzishning hayotiy 
tajribasi, uning umumlashtirishlari yer tuzish fani rivojlanishining bosh manbaasi, uning ijodiy 
laboratoriyasi bo‘lib kelgan va bo‘lib qoladi. 
Barcha fanlardek, yer tuzish nazariyasi belgili qonuniyatlarini aniqlash va umumlashtirish bilan 
shug‘ullaniladi. Uning izlanishlari predmetiga, xususan, yerning ishlab chiqarish vositasi sifatidagi 
faoliyati kiradi. Ammo, bu predmet bilimlarning yerdan foydalanish muammosiga munosabati bor 
boshqa tarmoqlari (dehqonchilik, melioratsiya va boshq.) tomonidan ham o‘rganiladi. Shuning 
uchun, quyidagi ta’rif aniqroq bo‘ladi: 
 
 
 
 
 
 
Ko‘rsatilgan maqsadlar uchun yerni tashkil etish usullari

uni tuzish shakllari qo‘yilgan 
vazifalarga bog‘liq holda bir-birlaridan farq qiladi. Buning ustiga, yer tuzish masalalarining o‘zi, yer 
tuzish ishlarining turlari, hajmi va mazmuni mazkur tarixiy bosqichda yechiladigan asosiy xo‘jalik 
muammolariga bog‘liq bo‘ladi. Shunga qaramasdan ish turlarining, ularni amalga oshirish usullari va 
yo‘llarining katta farqlari, tasodifiy hollar bilan bir qatorda aniq qonuniyatlar ham bor. Yer tuzish 
fanining vazifasi - ularni o‘z vaqtida aniqlash, nazariy umumlashtirish va yer tuzish amaliyotini 
takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berishdir.
Oxirgi vaqtlarda katta e’tibor yerni asosiy tabiiy resurs sifatida saqlashga, ekologik masalalarni 
yechishga qaratilmoqda. Shu bilan birga, bozor islohotlari, ko‘p ukladli iqtisodiyotning rivojlanishi 
yer tuzishning iqtisodiy tabiatini, uning tabiatdan foydalanish iqtisodi bilan aloqasini va tarmoqlararo 
xarakterini yanayam yaqqol namoyish eta boshladi.
Yer tuzish nazariyasining oyoqqa turishi va rivojlanishining uzoq va murakkab jarayonida Yer 
tuzish bo‘yicha Davlat universiteti (1992 yilgacha - Moskva yer tuzish injenerlari instituti) olimlari 
juda faol ishtirok etishdi. Sobiq ittifoq xududidagi boshqa qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarining yer 
tuzish fakultetlari ham, keyingi o‘n yilliklarda yer resurslari ilmiy tekshirish instituti (GIZR), qator 
yer tuzish bo‘yicha loyiha institutlari (ulardan ko‘plari ilmiy tekshirish maqomini olishdi), 
o‘zlarining ma’lum hissalarini qo‘shishdi.


Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin