konsolidatsiyalash bo‘yicha yer tuzish loyihalari asosida amalga oshiriladi. Ularni
bunday yer tuzish harakatlarini bajarish uchun litsenziyaga ega davlat va xususiy
kompaniyalar ishlashadi.
3.Xorij davlatlarida yer uchaskalarini shakllantirish
Yer uchastkalarini shakllantirish. Chegaralashdan va yer uchastkalarini
konsolizatsiyalashdan tashqari quyidagi yer tuzish harakatlari bajariladi:
ko‘chmas mulkni bo‘lish (Subdivision);
ko‘chmas mulkni qayta tashkil etish (Trasformation);
yer uchastkalarini qayta sozlash (Reallotment);
yer mulkini shakllantirish (Reol Propexty Formation);
chegaralarni aniqlash (Delimitation);
chegaralarni naturaga (joylarga) olib chiqish (Demarcation);
yer uchastkalarini sotib olishdagi yer tuzish ishlari (land Acquisition) va boshq.
Ushbu yer tuzish harakatlari yer uchastkalarini bilan bajariladigan amallarni takomillashtirishda
rivojlangan yer aylanishida (ko‘chmas mulk sotish va sotib olish, meros, sovg‘a qilish, yer
uchastkalarining bir bo‘lagini garovga qo‘yish va boshq.). Ularni yer tuzuvchilar, asosan, agar davlat
yer munosabatlarini tartibga solishga aralashmasa, yer mulkdorlari mablag‘lari hisobiga bajariladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish (Xo‘jalikda ichki yer tuzish).
Bu
turdagi ishlarning boshlanishi Germaniyada XIX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib, bu vaqtda nafaqat
yer o‘lchovchilarga (geometrlarga), balki yer tuzish bo‘yicha mutaxassislarga ham zarurat paydo
bo‘ldi. Boshlanishida ularni madaniy texnik injenerlar deb atashdi. Ular geodeziya bo‘yicha
bilimlarga ega bo‘lib, yer kadastri s’yomkalarini o‘tkazishda, yo‘llarni qurishdi, sug‘orish va zax
qochirish kanallari joylarga (naturaga) ko‘chirishdi, xo‘jalik markazlarini loyihalashtirishdi, yerlarni
almashlab ekish massivlari va dalalariga bo‘lishdi. Ularni yana “qishloq xo‘jaligi foydasiga
ishlaydigan geodezistlar” deb ham atashdi. Yirik zamindor xo‘jaliklarida bu maqsadlarda maxsus
“Xo‘jalikda ichki yer tuzish loyihalari” aynan shunday nomlanishi G‘arbiy davlatlar yer tuzish ishlab
chiqarishida bo‘lmasa ham ishlarni boshladi.
Yer tuzish loyihalarini ikkinchi qismi erroziyaga qarshi tadbirlar tizimini yaratish, terrasalash
yoki yerlarni konservatsiyalash asosida tuproq yuvilishini hisoblash bilan bog‘liq.
Bunday loyihalar AQSh, Kanada, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Bolgariya, Ruminiya, Turkiya va
boshqa davlatlarda ishlanadi. Ularni ishlash bilan nafaqat yer o‘lchovchilar, balki qishloq xo‘jaligiga
va uning tarmoqlariga aloqasi bor firmalar ham shug‘ullanishadi. Ko‘plab davlatlarda ular
“Agroproekt” tizimiga kirgan va tarkibida qishloq xo‘jaligi ish tajribasiga ega yer tuzuvchilar,
geodezistlar, texnologlar bo‘lgan korxonalar tizimiga kirishadi.
Dostları ilə paylaş: |