Bir necha yangi xususiy uylarni qurish bilan bog‘liq yerlarni taqsimlash loyihasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. 1. Yer massivining boshlang‘ich planini tuzish (hudud s’yomkasi, loyihalash uchun asos sifatida relefning sonli modelini yaratish). 2. Loyihani ishlash. 3. Loyihani joyiga (naturaga) ko‘chirish. 4. Kadastr planiga yer uchastkalarining ( ko‘chmas mulk ob’ektlarining) yangi chegaralari tushirilgan, kadastr kommunikatsiyalari yangilangan yangi dala yer kadastri s’yomkasi. 5. Kameral yer kadastri ishlari(yangi yer uchastkalarini va qurilishlarni kadastr s’yomkasi materiallariga qo‘shish, xujjatlarni o‘zgartirish). Yangilanadigan yer – kadastr s’yomkalari, bizning fikrimizcha, yangi tashkil etiladigan va mavjud tartibga solinadigan yer egaliklari va yerdan foydalanishlar, har xil maqsadlarga yer ajratish, chegaralash bilan bog‘liq o‘tkaziladigan xo‘jaliklararo yer tuzish ishlariga mos keladi. Bu qonun bilan belgilangan tartib bo‘lib, o‘z ichiga har xil darajadagi triangulyatsiy tarmoqlarini tig‘izlashtirish zarurati tug‘ilganda yer uchastkalarini s’yomka qilish, yerlarning planini va yerlarni taqsimlash loyihasini tuzishni hamda chegaralashni ko‘rsatish, qabul qilish, tan olishni, chegara belgilarini o‘rnatish, yer hisobi va ro‘yhatdan o‘tkazish kitobiga keyinchalik huquqlarni belgilovchi yer xujjatlarini berishni o‘z ichiga oladi.
75
6. Bu ishlar har xil mamlakatlarda yer kadastri harakatlarini qonunlar asosida