74
zararlarini qoplash, fermerlarni yer va suv resurslaridan foydalanishning ma’lum
qoidalarini “kelishuv sharti” asosida bajarishga jalb etish;
* texnik, maslahat, ilmiy – axborot ishlari.
Bulardan tashqari, bunday ishlarni amalga oshirishga mablag‘ shtatlar budjetidan
ajratiladi.
Shtatlar va mahalliy darajalarda eng ko‘p tarqalgan yer – resurs siyosatining quroli yerdan
foydalanishni nazorat qilish hisoblanadi. Hokimiyat tartibga solish va boshqarishning quyidagi
usullaridan foydalanadi: mintaqalarni rivojlantirish rejalarida atrof muhit ifloslanishining
maksimal darajalarini belgilash, qonuniy tartibda yerlardan foydalanish, shtat yerlarini mulk qilib
sotib olish, tezda konservatsiyalashni talab qiladigan va ularni mahalliy rekratsion resurslar
sifatida
foydalanishga yaroqli yerlar, ishlab chiqarish transport ob’ektlarini joylashtirishni
tartibga solishni belgilash uchun hududlarni mintaqalash.
Hududiy mintaqalarni ajratishda shtat ma’muriyati shtat yerlarini ma’lum funksional
belgilar bo‘yicha (masalan, rekratsion
maqsadlarda foydalanish, qishloq xo‘jaligi uchun,
transport qurilishi va sh.o‘. uchun) rayonlashtiradi. Shularga asoslanib, mahalliy hokimiyat o‘z
hududida u yoki bu ob’ektlarni joylashtirishni tartibga soladi. 1972 yil “Qirg‘oqbo‘yi yerlarini
boshqarish to‘g‘risida”gi (The Coastal Zone Managament ACT)Federal Qonun qabul
qilingandan keyin amaliyotda qirg‘oqbo‘yi yerlaridan (ochiq suv havzalari – daryolar va ko‘llar)
foydalanishni tartibga solish katta ahamiyat kasb eta boshladi.
Yerlarni chegaralash bo‘yicha ishlarni olib borish (Land Survey). Chet davlatlarda bu
ishlarni o‘tkazish uchun asos yer–kadastr s’yomkalari (chegaralar s’yomkalari) hisoblanadi. Ular
birlamchi yer – kadastr planlari yo‘q yoki ularni yangi qonuniy ma’lum texnik shartlarga mos
yangilash talab
etiladigan va yangilanadigan, yer uchastkalari maydonlari, yer tuziladigan
hududning bir qismida huquqiy va amaldagi yer munosabatlari shakllantiriladigan
turlarga
bo‘linadi.
Qishloq xo‘jalik yerlarida bunday ishlarni o‘tkazishda tuproq bonitrovkasi(yerlarni
baholash) ishlari ham bajariladi.
Dostları ilə paylaş: