O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Ingliz tilida yer tuzish harakatlariga



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   139
Yer tuzish

Ingliz tilida yer tuzish harakatlariga 
“Land Management”-
yerni boshqarish, 
“Land Use Planning”- 
yerdan foydalanishni rejalash,
“Land Surveng”-
chegaralash, 
yer s’yomkasi (yerlarni xaritalash) deb ataladi. Biroq bu atamalarning barchasida ham 
yer tuzish harakatlari tushunilmaydi. Fransuz tilida “yer tuzish” atamasiga yaqin 
“Amenegement Foneir”, nemis tilida-“die Flurbereinigung” atamalari ishlatiladi.
VIII BOB 
XORIJIY DAVLATLARDA YER TUZISH. 
 
1. Xorijiy davlatlarda yer tuzish. 


73 
Sababi, qurilish uchun ajratilgan yerlar eng qimmat hisoblanadi. Shuning uchun ham yerlardan 
foydalanish rejalarida birgalikda tabiatni muhofaza qilish, yerlarni shahar, qishloq va o‘rmon 
xo‘jaliklari, sanoat, transport va boshqa tarmoqlar, shahar qurilishi va yer xo‘jaligini shahar 
hududi ichida va tashqarisida qurilish uchun taqsimlash masalalari yechiladi. Bu kabi rejalarni 
ishlash asosida maxsus qonunlar yotadi. Masalan, Fransiyada 1994-yil “Hududlarni tuzishning 
milliy direktivasi”, Shvesiyada “Rejalash va qurish”(1987-yil) qonunlari, Shvesariyada 
“Regional rejalash to‘g‘risida” 1979-yil Federal qonuni qabul qilindi. 
Bosh rejalar 20-25 yillarga mo‘ljallangan va mahalliy 5-15 yillarga mo‘ljallangan 
turlarga bo‘linadi. Har qanday rejaning asosi mintaqalash hisoblanadi. Bunda yer tuzish 
o‘tkaziladigan hudud qishloq xo‘jaligi, o‘rmon, qurilish, birinchi navbatda quriladigan ijtimoiy 
va individual qurilish mintaqalariga ajratiladi. Bunday rejalar umumxalq muhokamasidan 
o‘tgandan keyin, ijobiy xulosaga ega bo‘lsa tasdiqlanadi va bajarish uchun majburiy hisoblanadi.
Masalan: Fransiyada Dengiz bo‘yi Alpi hududida 3 Bosh reja ishlangan: Nissa regioni (36 
kommuna), Grass, Kap, Aktina regioni (25 kommuna), Monto regioni (13 kommuna). 
Nissa regioni Bosh rejasi 1:50000 masshtabda tuzilgan bo‘lib, quyidagi mintaqalar: 
shahar va tabiiy, hamda mintaqalar ichidagi kichik mintaqalar va sektorlar (sanoat, tadbirkorlik, 
savdo, zaxiraga qo‘yilgan, qishloq xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish, qurilishga 
mo‘ljallanmagan va hakoza) ajratilgan. 
Bosh reja kommunalar hududlarini tuzishda aniqlik kiritiladi. Kommunalar hududlarini 
tuzish planlari (Plan …… des sols)1:2500, 1:5000 masshtablarida hududning maydonidan kelib 
chiqib, 5 yil muddatga ishlanadi. Yer tuzish ob’ekti sifatida kommunalar hududi qabul qilingan. 
Ularning maydoni 500-2000 ga, aholisi 1500-2500 kishini tashkil etadi. Plan asosi sifatida yer 
kadastr xaritasi xizmat qiladi. 
Bunday rejalarda belgilangan mintaqalash majburiy hisoblanadi. Masalan, sanoat 
qurilishiga ajratilgan mintaqalardagi xususiy yer uchastkalar olinadi (kommuna sotib oladi) va 
aholisi ko‘chiriladi. Qurilish kenggaytirilayotgan mintaqalarda avval yo‘llar va boshqa injenerlik 
tarmoqlari joylashtiriladi. 
Mintaqalash yerlarning baholarini aniqlash jarayonini belgilaydi. Masalan, agar qishloq 
xo‘jaligi yer uchastkasi foydalanish maqsadi o‘zgartiriladigan mintaqaga tushsa va unda 
keyinchalik qurilish mumkin bo‘lsa, uning baxosi bir necha barobarga oshadi. Bunday planlar 
keyingi yillarda nafaqat G‘arbiy Yevropada, balki boshqa davlatlarda, masalan Xitoyda ham 
tuzila boshladi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin