G‘arbiy Yevropa, AQSh va Kanadada yer tuzish, yer kadastri bilan bog‘liq. Bular quyidagi sabablardan kelib chiqqan: -
yer kadastri ma’lumotlaridan yerlarni taqsimlashda, qayta taqsimlashda, yer uchastkalarini birlashtirishda, yer uchastkalarining mulkiy huquqlari o‘tishi bilan bog‘liq jarayonlardan foydalaniladi va ular asosida yerga bo‘lgan mulkiy huquqlarni taqsimlovchi xujjatlar beriladi; -yer kadastri ma’lumotlari har xil darajadagi davlat organlari tomonidan yerdan foydalanish sohasidagi boshqaruv qarorlarni qabul qilishda qo‘llaniladi; -yer kadastri asosida nafaqat yer uchastkalarining balki boshqa yer bilan ajralmas bog‘langan ko‘chmas mulk ob’ektlarining ham hisobini olish va baholash amalga oshiriladi. Bu ma’lumotlar yer solig‘ini belgilash uchun ma’lumotlar asosi hisoblanadi; -yer kadastri ma’lumotlari yer egalariga o‘zlarining yer mulklariga xizmatlar majmuasini, har xil ob’ektlar qurilishini boshqarish, yer bilan bog‘liq har xil xarakatlarni amalga oshirish, o‘z yerlaridan jamiyat manfaatlari uchun foydalanishni kelishish imkoniyatlarini beradi. Shunday qilib, chet ellarda yer kadastri yer tuzish ishlarining katta qismini o‘ziga qamrab
olgan. Ko‘p davlatlarda yer tuzish harakatlarining joylar s’yomkasi xaritalarini tuzish, o‘lchashlar
bilan bog‘liq qismini amalga oshirish ishlari, yer kadastri yoki geodeziya va kartografiya bilan
shug‘ullanuvchi xizmatlarda to‘plangan.
Bunda yer tuzish ishlari o‘z ichiga quyidagi harakatlarni oladi:
Har xil ma’muriy-hududiy tuzilmalarda yerdan foydalanishni rejalash (Land Use
PLanning). Bu ishlar bizning davlatimizda ishlanadigan har xil darajadagi yer tuzish
chizmalariga o‘xshash.
Kelajakda yerdan foydalanishni belgilaydigan rejalarni ishlab chiqish zaruratini G‘arbiy
Yevropada shaharlar o‘sishi va tabiatni muxofaza qilish maqsadlari keltirib chiqardi. Shaharlar
kengayishi XX asrning 80-yillariga kelib davlatning yer siyosatiga qattiq ta’sir eta boshladi.