5. Yer tuzish jarayoni, loyihaviy hujjatlar va mualliflik nazorati Yer tuzish davlat yer tuzish tashkilotlari tomonidan, loyihani ishlashda yer mulkdorlari, yerdan
foydalanuvchilar va boshqa buyurtmachilar ishtirokida amalga oshiriladi.
Yer tuzishni o‘tkazishning yer tuzish jarayoni deb ataladigan tartibi, ya’ni undagi ishlarning tarkibi va navbati O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga asosan (III bob) quyidagilarni o‘z ichiga oladi: * tayyorgarlik ishlari; * yer tuzish loyihasini ishlash; * loyihaviy hujjatlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash; * loyihani naturaga (joylarga) ko‘chirish; * yer tuzish materiallari va hujjatlarini rasmiylashtirish va berish; * yer tuzish loyihasining yer mulkdorlari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirish. Loyihalar ularning mazmunlarini hisobga olgan holda xo‘jaliklarda va ijrochi hokimiyatning
har xil darajadagi organlarida, ularning vakolatlariga bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ular davlat budjeti, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar hisobiga moliyalanadi.
Yer turlari maydonlari qaydnomasi (loyihaviy eksplikatsiya); loyihani ekspertizatsiyadan
o‘tkazish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash materiallari.
Yer tuzish loyihalari tarkibiga quyidagi hujjatlar kiradi: chizma qism : ob’ekt hududining haqiqiy ahvolini ko‘rsatuvchi chizmalar, loyiha planlari, tuproq, geobotanika va boshqa xaritalar, chizmalar, kartogrammalar hamda