Tuman yer tuzish chizmalarida quyidagi yer islohotini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar yechiladi: * foydalanilmayotgan va nooqilona foydalanilayotgan yerlarni aniqlash; * maxsus taqsimlanadigan yer fondlarini yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash; * qishloq va boshqa aholi yashash joylari chegaralarini, yerlarni qishloq va posyolka ma’muriyati ixtiyoriga berish materiallarini rasmiylashtirish bilan, aniqlash va belgilash; * tuman yer fondini tarmoqlararo qayta taqsimlash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash; * tabiatni muhofaza qilish, tabiat-qo‘riqxona, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va tarixiy- madaniy maqsadlarga mo‘ljallangan hududlar (yerlar) chegaralarini aniqlash va belgilash. Tuman chizmalari asosida yerlarni qayta taqsimlash, ularni ajratib berish yerga mulkchilik,
egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi xujjatlar berish bilan o‘tkaziladi.
Yer tuzish chizmalari tarkibiga kiradigan tadbirlarni joriy etish muddatlari uzoqligini hisobga
olib, ularga o‘z vaqtida zarur aniqliklar va o‘zgarishlar kiritilishi kerak. Bu ishlar ular harakatining
navbatdagi bosqichi tugashiga ikki yil qolguncha doimiy ravishda olib boriladi. Chizmalarni
xaritaviy rasmiylashtirish tarkibiga yerlardan hozirgi va kelajakda foydalanish, yerlarni yaxshilash,
tabiatni muhofaza qilish tadbirlari kiritiladi.
Yer tuzish chizmalari yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishning asosiy
yo‘nalishlarini va ishlab chiqarishning kelajakdagi hududiy tashkil etilishini aniqlovchi loyiha oldi
ishlari hisoblansa ham, ular naturaga (joylarga) ko‘chirilmaydi. Ularda asoslangan choralar yer
tuzish loyihalari yordamida joriy etiladi.