muhofaza qilish Bosh chizmalari Yer tuzish tizimida yuqori darajani mamlakat va mintaqalar yer resurslaridan foydalanish va
ularni muhofaza qilish Bosh chizmalari egallaydi. Hisoblangan davrning uzunligi (20 yil),
ob’ektning kengligi (o‘nlab million gektar), taklif etilayotgan yechimlarning va ularni amalga
oshirish usullarining muqobil xarakteri, ularning umumdavlat va mintaqaviy ahamiyatga ega aniq va
tabaqalashtirilgan axborot bilan boshqarish organlarini ta’minlovchi, asosan reja oldi hujjatlari
sifatida tavsifini oldindan belgilab beradi.
Bosh chizmalar shu bilan bir qatorda, aniqroq yer tuzish chizmalari va loyihalarining ilmiy
darajasini, ishonchliligini va asoslanganligini oshirish imkonini beradi. Mamlakatda, va uning
mintaqalarida yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilarni oqilonalashtirishning umumiy masalalari
yer tuzish tizimi normal faoliyat ko‘rsatganda oxir - oqibatda xo‘jaliklararo, xo‘jalikda ichki yer
tuzish va ishchi loyihalar orqali yechiladi. Bosh chizmalarni tuzishning asosi yer tuzishni loyihalash
uslubiyati va usullari bo‘lib qoladi.
Yer tuzish loyihalaridan oldin tayyorlanadigan barcha ishlar loyiha oldi hujjatlari turkumiga
kiradi.
Mamlakat yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish bosh chizmasini tuzish jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linadi: * qabul qilingan ilmiy-texnik taraqqiyot dasturlarini hisobga olib, kelajakda yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni qayta tashkil etishning vazifalari va yo‘llari ko‘rsatilgan ilmiy-texnik konsepsiyani tayyorlash; * bir vaqtning o‘zida markazda va mintaqalarda olib borilayotgan va uni tadbiq etishni boshlashdan 2-2,5 yil oldin tugatiladigan chizmalarni bevosita tuzib tayyorlash; * boshqarish organlari va yer tuzishga ulardan amaliy foydalanish maqsadida berish