O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   139
Yer tuzish

*
 
yer resurslarining ahvoli, taqsimlanishi va kelajakda foydalanilishi; 
*
 
agrosanoat majmuasining joylashishi va rivojlanishi; 
*
 
yer egaliklari va yerdan foydalanishlar tizimini takomillashtirish; 
*
 
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini joylashtirish; 
*
 
tavsiya etilayotgan choralarning iqtisodiy samaradorligi va ularni qo‘llash rejasi. 
Yer tuzishning respublika, viloyatlar darajasidan ma’muriy tuman darajasiga o‘tishda yerlarni 
yaxshilash, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ko‘rsatkichlarining hududiy aniqlik 
darajasi oshadi. Agar viloyat chizmalarida tabiiy va iqtisodiy sharoitlar tahlili bo‘yicha izlanishlar va 
hisob-kitoblar, qishloq xo‘jalik ekinlarining samarali tarqalish areallarini ajratish, tubdan 
yaxshilanishi kerak bo‘lgan yerlarni aniqlash, yerdan foydalanishlarni takomillashtirishni iqtisodiy 
asoslash masalalari ko‘pchilikni tashkil qilsa, tuman chizmalarida ko‘proq bevosita hududni tashkil 
etish - aholi yashash joylarini va ishlab chiqarish markazlarini joylashtirish, yo‘l tarmoqlarini 
rivojlantirish, yer turlarini tashkil etish bo‘yicha masalalar birinchi navbatda yechiladi. Barcha 
ko‘zda tutilgan tadbirlar ularni amalga oshirish bosqichlari bo‘yicha bir necha hisoblangan 
muddatlardan oldin aniqlashtiriladi. 
O‘zbekistonda yer islohoti jarayonida yerni har xil xo‘jalik yuritish shakllarini tenglik asosida 
rivojlantirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va ularni muhofaza qilish uchun sharoit 
yaratish, undan yuqori samarali foydalanish maqsadida qayta taqsimlash sodir bo‘ladi. Fuqarolarni, 
korxonalarni, tashkilotlarni, muassasalarni, birlashmalarni va o‘rtoqliklarni yerlar bilan ta’minlash 
yangi qonunchilikka mos amalga oshiriladi. Bu ishlar davomida barcha ma’muriy tumanlar yer 
tuzish chizmalarini tuzish ko‘zda tutilgan. Ustivor vazifalardan biri yerlarni dehqonlar va shaxsiy 
yordamchi xo‘jaliklar, bog‘dorchilik jamoalari foydasiga qayta taqsimlash hisoblanadi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin