O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Bunda quyidagi loyihalash tamoyillariga rioya qilinadi



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   139
Yer tuzish

Bunda quyidagi loyihalash tamoyillariga rioya qilinadi: 
* loyihalashni umumiylikdan xususiylikka tartibida bajarish; 
* butun loyihaga ta’sir etadigan ayrim qismlarni o‘zaro bog‘lash (komplekslik); 
* bir necha yechimlarni (variantlarni) ishlash, ularni taqqoslash va eng samarali 
yechimni tanlash (variantlilik); 
* ilmiy asoslangan me’yorlardan foydalanish.

Ishchi loyihalar
 yer tuzish loyihalarini aniqlashtirish va amalga oshirishni ta’minlaydi. 
Ular yaratilishi uchun kapital mablag‘lar talab qilinadigan ma’lum lokal ob’ektlarga tuziladi. 
Bunday loyihalar judayam xilma - xil tadbirlarni - yangi yerlarni o‘zlashtirish, yer turlarini 
yaxshilash, madaniy yaylovlar yaratish, o‘rmon polosalarini, bog‘larni, uzumzorlarni ekish, 
 
Yer tuzish loyihasi
 
- bu o‘z ichiga chizmalarni, hisob-
kitoblarni, ma’lum yer tuzish tavsiyalarini, ularning chizma 
tasvirlarini, ma’lum hududga taalluqli yozma bayonnoma va 
asoslashdan iborat tushuntirish xatini oladigan texnik
iqtisodiy, huquqiy hujjatlar majmuidir. 
 
Yer tuzish loyihasi yerdan foydalanishning mavjud tashkil etilishiga, yer egaliklari, 
yerdan foydalanishlarga, hududni tashkil etishga o‘zgartirish kiritishni talab qiladigan 
tadbirlarni huquqiy rasmiylashtirish, joylarga ko‘chirish va amalga oshirish uchun 
yagona asos bo‘lib xizmat qiladi. 


69 
yo‘llarni, ko‘llarni, eroziyaga qarshi inshootlarni qurish, sug‘orish, zax qochirish va sh.o‘. 
amalga oshirishda kerak bo‘ladi.
 
Ishchi loyihalar tarkibiga, albatta, smeta-moliya hisob-kitoblari kiradi, shuning uchun ular 
moliyalashni ochishga asos bo‘lib xizmat qilishadi; ularda ishlarni bajarishga taklif etilishi 
mo‘ljallanayotgan pudratchi tashkilotlarning xususiyatlari, yo‘nalishi va texnik qurollanishi hisobga 
olinadi. Loyihalarning amalga oshirilish muddatlari xo‘jalikning kelajakdagi rivojlanish rejasi bilan 
moslashtiriladi va odatda 1-2 yildan oshmaydi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin