68
tomondan iqtisodiy, ekologik va boshq. ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak. Loyihalash - javobgarligi
juda katta va ijodiy ishdir.
Yer tuzish tadbirlari tizimida yer tuzish loyihasi asosiy bo‘g‘in
va markaziy, yer tuzish
ishlarining bajarilishi o‘ta murakkab qismi hisoblanadi. V.Dal lug‘atida unga bunday ta’rif berilgan:
«Loyiha - reja, taklif-tavsiya, oldindan mo‘ljallash, o‘ylangan ish va
ularning yozma yoki chizma
bayonidir». Boshqacha aytganda loyiha - iqtisodiy, texnik va huquqiy asoslangan va chizmalar
tarzida rasmiylashtirilgan u yoki bu tadbirlarni yoki ular majmuini amalga oshirish to‘g‘risidagi
takliflardir.
Loyiha tuziladigan ob’ekt bo‘lib yer uchastkasi, qishloq xo‘jalik korxonasi yer egaligi, bir guruh
bir-birlari bilan bog‘liq
yerdan foydalanishlar, o‘zlashtirilayotgan yer massivlari, ma’muriy tuman
xizmat qilishi mumkin.
U loyihalash uchun topshiriq; maxsus injenerlik, iqtisodiy qidiruv va
izlanishlar; harakatdagi ko‘rsatmalar va qoidalar; ilmiy asoslangan me’yorlar asosida ishlanadi.
Loyihalash eng samarali fan va texnikaning yangi yutuqlarini qo‘llashga asoslangan va texnik
jixatdan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yechimni (variantni) tanlash yo‘li
bilan amalga
oshiriladi. Yer tuzish loyihalarining o‘ziga xos xususiyatlari - ularning har birida faqat mazkur
hududga xos, tabiiy va iqtisodiy tavsiflar majmui bo‘yicha takrorlanmaydigan sharoitlarda aniq yer
tuzish masalalari yechiladi.
Xo‘jaliklararo va xo‘jalikda ichki yer tuzish loyihalari, yuqorida (VII bob) aytib o‘tilganidek,
ma’lum masalalar (loyihaning tarkibiy qismlari deb ataladigan)
tizimidan tashkil topadi, ularni
yechish yerdan foydalanishni tashkil etish va uni muhofaza qilishni, mazkur ob’ektda
ishlab
chiqarish talablariga mos hududni tashkil etishni to‘la hajmda ta’minlaydi. Tarkibiy qismlarni
loyihalash ketma-ket emas, balki bir vaqtning o‘zida va birgalikda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: