66
* yerlardan mavjud foydalanishni tahlil qilish va baholash;
* xalq xo‘jaligining har xil tarmoqlarida yer resurslaridan foydalanishni tashkil etish;
* yerlarni yaxshilash va muhofaza qilish;
* tavsiya etilayotgan tadbirlar samaradorligi va joriy etish tartibi.
Yozma va hisob-kitob materiallaridan tashqari yer resurslaridan foydalanish va ularni
muhofaza qilish Bosh chizmalariga yer resurslarining hozirgi ahvoli va foydalanilishi, ularning
kelajakdagi foydalanilishi, yaxshilanishi va muhofaza qilinishi xaritalari kiritiladi. Ularning
ma’lumotlaridan foydalaniladi:
•
xalq xo‘jaligini va uning ayrim, ayniqsa, yerni ko‘plab talab qiladigan tarmoqlarini
(qishloq, suv, o‘rmon xo‘jaliklarini) rivojlantirish va joylashtirish, tabiatdan oqilona
foydalanishni tashkil etish (reja oldi ishlari) masalalarini yechishda:
•
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish kelajagi va yo‘nalishlarini aniqlash uchun;
•
respublika, viloyatlar va ma’muriy tumanlar yer tuzish chizmalarini, yer tuzish
loyihalarini tuzishda (loyiha oldi ishlari).
Bosh chizmada mavjud
tavsiyalarni joriy etish, yerning asosiy ishlab chiqarish vositasi va
mamlakatning barcha tabiiy va iqtisodiy salohiyatlari majmuasida uning
hududiy asosi sifatidagi
faoliyati samaradorligini oshirish, yer turlarining tarmoqlararo va mintaqalararo
taqsimlanishini
optimallash, ishlab chiqarishni, ayniqsa qishloq xo‘jaligini,
hududiy tashkil etish, yer-muhofaza
tadbirlarini rejalashtirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: