* loyihada ko‘zda tutilgan tadbirlar va ayrim yechimlarning amalga oshirilishining to‘laligini va sifatini tekshirish; * agar zarurat tug‘ilsa, qo‘shimcha hisob-kitoblarni va loyihaviy yechimlarga aniqlik kiritishlarni bajarish; * yer egalariga va xo‘jalik mutaxassislariga uslubiy va texnik yordam ko‘rsatish; * loyihalar kamchiliklarini aniqlash va tugatish. Mualliflik nazoratini bajaruvchilarga (ular, asosan, loyiha mualliflari) maxsus topshiriq
beriladi, mualliflik nazorati kitobi yuritiladi, zarurat tug‘ilganda loyihaning chizma qismiga
o‘zgarishlar kiritiladi.
6. Yer tuzish organlari O‘zbekistonda yer tuzish davlat yer tuzish organlari - yer tuzish, yer kadastri, tasvirga olish va
qidiruv ishlarining, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish (yer monitoringini ham qo‘shib)
ustidan nazoratning butun hajmini bajarishni ta’minlavchi muassasalar va tashkilotlar tizimi
tomonidan amalga oshiriladi. Ular tarkibida yer tuzish xizmatini, yer tuzish bo‘yicha loyiha-qidiruv
institutini va ilmiy muassasalarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Yer tuzish xizmatining asosiy vazifalariga yer islohotini o‘tkazish, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini, yer tuzishni tashkil etish, yer kadastri va monitoringini yuritish kiradi. Муаллифлик назорати ер тузиш бўйича лойиҳа институтлари мутахассислари томонидан амалга оширилади; у ер тузиш жараёнининг якунловчи босқичи ҳисобланади. Унинг асосий вазифаси