71
Yer tuzish ishlari bevosita yer tuzish bo‘yicha davlat loyihalash va ilmiy-tekshirish
institutlari tomonidan, asosan, davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi. O‘zbekistonda bitta
shunday institut bo‘lib, u qisqacha «O‘zdaverloyiha» deb ataladi; uning viloyatlarda bo‘lim va
filiallari bor. Bu institut tarkibida yana Agroxarita fabrikasi va «Yerkadastrtasvir» sho‘ba
korxonasi ham bor.
Bulardan tashqari «Yer resurslari Davlat qo‘mitasi tarkibiga tuproqshunoslik va
agrokimyo ilmiy-tekshirish instituti ham kiritilgan.
Nazorat savollari:
1.
Yer tuzish tizimiga nimalar kiradi?
2.
Yer tuzish loyihasi nima, u nima asosida tuziladi?
3.
Nima yer tuzish chizmasi deb ataladi, u nimaga mo‘ljallangan?
4.
Ishchi loyihalar nima uchun tuziladi?
5.
Yer tuzish jarayoni nima, u qanday elementlarni o‘z ichiga oladi?
6.
Yer tuzish loyihasi tarkibiga nimalar kiradi?
7.
Loyihani amalga oshirish nimalardan iborat, kim uni bajaradi?
8.
Yer tuzishda mualliflik nazorati nima?
9.
O‘zbekistonda qanday yer tuzish organlari mavjud?
72
Yer tuzishga yerdan oqilona foydalanishni va uni muhofaza
qilishni tashkil etishga
qaratilgan tadbirlar tizimi deb bergan bizning ta’rifimizga mos yer tuzish sobiq ittifoq tarkibiga
kirgan va bugun mustaqil davlatlarga aylangan respublikalargagina mos bo‘lib,
boshqa chet
davlatlarda mavjud emas. Ammo yer tuzish ishlari boshqacha nomlar bilan barcha davlatlarda
olib boriladi.
Bunday holatning asosiy sababi asosan tarixiy yer munosabatlarining O‘zbekiston va chet
davlatlarda har xilligi hisoblanadi. Sobiq ittifoq tarkibida yer tuzish bo‘yicha olib borilayotgan
ilmiy izlanishlar va olimlar xorijiy davlatlardan ajratib qo‘yilgani
uchun ham yer
munosabatlaridagi farqning oshishiga olib keldi.
Hozirgi vaqtda xorijiy davlatlarning tajribalarini o‘rganish imkoniyati paydo bo‘lganligi
sababli, yer tuzish ilmi va amaliyotida yaqinlashish kuzatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: