Yer tuzish tizimi yer resurslarini boshqarishda yetakchi o‘rinni egallaydi. Uni shakllantirishda loyihalashning har xil bosqichlarida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalarining butunligi va tabaqalanishi kabi talablar, qabul qilinadigan yechimlarning o‘zaro bog‘liqligi va bir-birlariga tobeliklari, bashoratlash usullaridan loyihalash usullariga ketma-ket o‘tish, loyihalashda aniqlikni to‘xtovsiz oshirib borish hisobga olinadi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: * yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarini asoslash, ularni isloh qilish yo‘nalishlarini, yer munosabatlarining keyingi rivojlanishini tanlash; * xo‘jalik va jamoa faoliyatining har xil sohalarida yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishda ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan kompleks foydalanish; * yerdan foydalanish strategiyasini va taktikasini rejalashtirish, aholi tizimi, qishloq xo‘jaligini yuritishning mintaqaviy tizimlari, tabiatdan oqilona foydalanish bilan chambarchas bog‘lash; * yerga egalik qilish va undan foydalanishning huquqiy tartibiga rioya qilish;
65
* yerdan foydalanishda uning unumdorligi va mahsuldorligining to‘xtovsiz oshishini, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish xarajatlari samaradorligining o‘sishini ta’minlash; * yer mulkdorlari, uning egalari va foydalanuvchilarga yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish uchun zarur manfaatdorlik yaratish; * yer-muhofaza tadbirlari hajmini oshirish, ularni yerdan foydalanishning intensivlik darajasiga va yerga antropogen ta’sirning o‘sishiga moslashtirish. 2. Yer resurslaridan foydalanish va ularni