2. Yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni takomillashtirish bilan bog‘liq yer tuzish ishlarini o‘tkazish. Yerlarni birlashtirish (Land consolidation). Agar chet ellarda yer kadastri
s’yomkalari ko‘chmas mulkni shakllantirishga xizmat qilsa, yer tuzishning bu turi
ko‘chmas mulkni yaxshilash usuli sifatida foydalaniladi. Qator Yevropa davlatlarida
yerlarni konsolidatsiyalash (birlashtirish) tadbirlari ko‘chmas mulkni shakllantirish
to‘g‘risidagi qonunlar yoki yer uchastkalarini birlashtirish bo‘yicha maxsus qonunlar
asosida o‘tkaziladi.
Yerlarni xo‘jaliklararo yer tuzishga taalluqli konsolidatsiyalashning vazifalari quyidagilar hisoblanadi: * yerlarni komassatsiyalash (bir mulkdorga tegishli tarqoq joylashgan yer uchastkalarini bir massivga(parsellaga) jamlash); * yer egaliklari va yerdan foydalanishlardagi kamchiliklarni tugatish; * yonida joylashgan yerlarni qo‘shib olish hisobiga yer uchastkalarini yiriklashtirish. Yevropada bunday ishlar birinchi navbatda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda
va o‘rmon yerlarida (xususiy mulk hisoblangan yerlarda) o‘tkaziladi. Yevropada XX
asrning 30 yillarida o‘tkazilgan fermer xo‘jaliklarini yiriklashtirish va ularning yer
uchastkalarini bir massivga to‘plash davrida bu ishlarni bajarish jadallashdi. Masalan,
1920 yil Shvesiyada yerlarni konsolidatsiyalash bo‘yicha ishlar 20 mln ga maydonda
o‘tkazildi. Bunda 287 ming yer egalaridan 83 mingi yangi joylarga ko‘chib o‘tdi.
76
Hozirgi vaqtda yerlarni konsolidatsiyalash ko‘plab davlatlarda katta hajmlarda o‘tkaziladi. Bular avvalo Shimoliy Yevropa davlatlari (Shvesiya, Finlandiya, Norvegiya), Polsha(janubiy rayonlari) va boshqalar. Ishlar maxsus yerlarni