MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Toshkent viloyati tarixiy geografiyasi
Bajardi: 103-guruh talabasi Qo`ldosheva S
Tekshirdi: Botirov E.A
Toshkent 2021
Toshkent viloyati tarixiy geografiyasi Reja: I.Kirish
II.Asosiy qism:
1) Tabiiy-tarixiy geografiyasi
2) Aholi tarixiy geografiyasi
3) Xo`jalik (tarixiy-iqtisodiy) geografiyasi
4) Siyosiy tarixiy geografiyasi
III.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar Kirish “Toshkent viloyati deganda ko‘z oldimizda Chotqol, Qurama, Chimyon kabi tog‘lari, serhosil dalalari, ulkan sanoat korxonalari, zamonaviy shaharlari, fayzli qishloqlari, so‘lim bog‘-rog‘lari bo‘lgan go‘zal bir voha namoyon bo‘ladi”, - deb O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov 15,3 ming km.2 maydonda joylashgan, 2,7 mln. aholi istiqomat qiluvchi, 14 tuman, 4 shahar, 18 shaharcha va 152 qishloq fuqarolar yig‘inidan iborat Respublika sub’ektlaridan biri - Toshkent viloyatining tabiati va infratuzilmasini ta’riflagan.
Buyuk Ipak yo‘lining muhim bo‘g‘inida joylashgan Toshkent vohasida paleolit davri atiqalari Chirchiq daryosining yuqori oqimida, Oxangaron daryosi havzasida, Birchmulla qishlog‘i va Xo‘jakent, Chotqol, Pskom qoyalarida muhrlangan atiqalar mavjud..
Toshkent viloyati nafaqat tabiat go‘zalligi, balki tarixiy obidalar, me`morial yodgorliklar, maqbaralar va ziyoratgohlar bezaklari va naqshlari betakror jilolari,
erishgan yutuqlari, iqtisodiyoti imkoniyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi, obod turmushi, ma’naviy va madaniy hayoti bilan ham ko`pchilik nazarini o`ziga qaratgan.
1.Tabiiy-tarixiy geografiyasi Toshkent viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʻlidagi ilm fan, hunarmandchilik madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bo`lgan. Xoʻjakent yaqinidagi gʻordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining qoldiklari va qoyalardagi suratlar bu vohada qadimda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi. Vohaning iqlim sharoiti, sersuvligi, daryo boʻyi va togʻ oldi mintaqalarining yovvoyi oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga boyligi qadimgi tosh davridayoq odam yashashi uchun qulay imkoniyat yaratgan. Toshkent viloyatining qadimgi aholisi toʻgʻrisida mil. av. 5—2asrlarga oid Yunon, Xitoy va b. Sharq, manbalarida baʼzi maʼlumotlar saqlanib qolgan. Oʻlkani arxeologik jihatdan 19-asr da N. I. Veselovskiy, A. A. Divayev, N. P. Ostroumov, Ye. T. Smirnov oʻrgandilar. 1920—30 yillarda M. V. Voyevodskiy, G. V. Grigoryev, V. D. Jukov va A. I. Terenojkinlar, 1941-yildan M. Ye. Massoy rahbarligida Oʻrta Osiyo unti arxeologiya kafedrasi aʼzolari, 1950-y. dan Oʻzbekiston FAning arxeolog olimlari Ya. F. Gʻulomov, Oʻ. Islomov va R. H. Sulaymonovlar viloyat hududida tekshiruv ishlari olib bordilar. 1958-yildan Toshkent viloyatining oʻrta asr shaharlari va qad. konlarini Yu. F. Buryakov, 1966-yildan Toshkent shahrini V. A. Bulatova rahbarligidagi guruh ilmiy ravishda oʻrgangan.
Koʻp yillik tadqiqotlar natijasida Toshkent viloyati arxeologik xaritasiga 760 ta qad. manzilgoh, shahar va qishloq xarobasi, qadimgi . konlar, qabristonlar, mudofaa va irrigatsiya inshootlari tushirildi. Toshkent viloyatida ibtidoiy odamlar krldirgan dastlabki izlar paleolit davriga toʻgʻri keladi. Bu davrga oid odamlar yashagan gorlar va och iq manzilgoxlardan biri Koʻlbuloq makonidir. Koʻlbuloq yaqinidagi Qizilolmasoy va Qoʻshsoydan qad. tosh qurollar yasalgan ustaxona topilgan . Mustye davriga oid manzilgoxlar Obirahmat gʻorildm, Xoʻjakent qishlogʻi yaqinidan, Chirchiq vohasida esa Qoraqamish va Shoʻralisoydan topilgan. Yangi tosh davri (neolit) ga oid ashyo Toshkent sh. ning garbida Qoʻshilish degan joydan topilgan. Bu davrda kurollar maydalashgan va soni koʻpaygan. Toshkent viloyati ningjez davri (mil. av. 2ming yillik) topilmalari Andronovo, Tozabogʻyop madaniyatiga oiddir. Tosh va toʻkma tuproqdan qilingan qabriston qoʻrgʻonlar Chirchiq va uning irmoqlari boʻyida, Obirahmat, Burchmulla (q. Burchmulla xazinasi) qishloqlari, Iskandar shaharchalarida ochilgan. Qabrlardan Andronovo madaniyatiga xos qoʻlda yasalgan sopol idishlar, bilaguzuk, marvarid va marjonlar topilgan. Jez davridan boshlab rangdor va qimmatbaho metallar togʻ yon bagʻridagi konlardan qazib olina boshlagan. Temir davrida viloyat xududida skif qabilalarning sakmassaget ittifoqiga kirgan elatlar yashagan. Ularga tegishli yodgorliklar mil. av. 6—4asrlarga oiddir. Bu davr qabristonlaridan (Burchmulla yaqinida) tirnab bezalgan sopol idishlar, tosh va kumushdan yasalgan zebziynat buyumlari topilgan. Chirchiq vodiysida Burganlisoydan temir davriga oid sopol, metall, toshdan yasalgan uyroʻzgʻor buyumlari, jumladan, choynaksimon tumshukli va quloqli qozonlar va mehnat qurollari topilib oʻrganilgan. Idishlar dumaloqshaklda boʻlib, sirtiga angob boʻyogʻi berilgan. Mil. av. 1 — mil. ning 1-a. larida Toshkent viloyati hozirgi hududi Qangʻ davlati tarkibiga kirgan. Toshkent viloyati oʻtroq xalklarining madaniyati koʻshni koʻchmanchi chorvador xalklar madaniyati bilan chambarchas aloqada boʻlgan. Koʻchmanchi chorvador xalqlar yodgorliklaridan Qovunchitepa yaxshi oʻrganilgan. Ohangaron daryosining quyi oqimida joylashgan Qanqa (q. Xarashkat) xarobasi eng qad. shaharlardan biri boʻlgan. Shahar mil. av. 3—2 a. larda vujudga kelgan. 1-a. ga oid shaharlar Sirdaryo vodiysida Banokat, OhangaronOqqoʻrgʻon oraligʻida Kindiktepa va Qovunchitepalar boʻlgan. Bu yerlardan Toshkent hokimligining birinchi tanga pullari topilgan. Bu davrda hamma mayda shahar va qoʻrgʻonlar Shosh (Choch) va Iloq (Eloq)qa birlashgan. 7-a. da qalʼalari va mayda shaharchalari koʻpligi uchun Shoshni ming qalʼali davlat deb taʼriflaganlar. Shulardan biri Toshkentning shim. da (hoz. shahar hududida) joylashgan Oqtepa qoʻrgʻoni boʻlib, u mustahkam mudofaa devorlari bilan oʻralgan. Ilk oʻrta asr shaharlarining arki va shahristoni boʻlgan.
Shaharlarda hukumat uylari, savdo va xunarmandchilik rastalari tartib bilan joylashgan. Ularning mayd. 20 ga dan 65 ga gacha yetadi. Atrofdagi togʻlardan oltin, kumush, mis qazib olish natijasida hunarmandchilik yuksalgan. Kulolchilik va chorvachilik rivojlangan. Shosh va Iloq davlatlari oʻz nomlaridan tanga pullar zarb qilgan. Tangalarning yuz tomoniga vahshiy hayvonning rasmi (silovsin yoki bars), orqa tomoniga panshaxaga oʻxshash tam/a tushirilgan.
Ilk oʻrta asrlarda aholi oʻrtasida otashparastlik keng yoyilgan. Ossuariyga odam suyaklari solib koʻmilgan qabrlar Toʻytepa, Qoraxitoy va Tuyaboʻgʻizdan (q. Tuyaboʻgʻiztepa) topilgan. Ossuariylar tuxumsimon shaklda boʻlib, qopqogʻiga hayvon suratlari solingan.
9—10-a. larda Toshkent viloyati Somoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrda shaharlar har tomonlama rivojlangan. 10-a. arab geograflari Istaxriy, Muqaddasiy va b. koʻrsatishicha, Xuroson va Movarounnahrda Shosh viloyati eng koʻp shagʻarli (40 taga yaqin) oʻlka boʻlgan. Eng yirik shaharlardan viloyat poytaxti Binkat, Iloq (Eloq) davlatining poytaxti Tunkat va yirik savdohunarmandchilik markazlari Xarashkat, Shuturkat, Nujkat boʻlgan.
Qad. shahar xarobalarida oʻtkazilgan qazilmalar shaharlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va kengayishi har xil tarzda kechganligini koʻrsatadi. Shaharlar poytaxt boʻlgani, karvon yoʻllari ustiga joylashgani, konlardan yaxshi foydalangani va chorvador koʻchmanchi xalqlar bilan aloqada boʻlgani uchun rivojlangan. Shaharlarning mayd. 20 ga dan 200 ga gacha boʻlgan. Toshkent viloyati hududidan oʻtgan 2 mashhur karvon yoʻlining birinchisi Sirdaryo, Binkat, Xarashkat, Xudoykat orqali, ikkinchisi bir oz shim. rokdan Chinozkat, Shuturkat, Dafnigankat, Isfijob orqali oʻtgan. 9—10-a. larda konchili k ishlari, metall eritish, kulolchilik va toʻqimachilik taraqqiy etgan. 10-a. geograflarining maʼlumotlariga koʻra, Shosh, Ilokdan har xil matolar, gilamlar, teridan ishlangan ashyolar, harbiy qurollar, egarlar, metall buyumlar, chorvachilik mahsulotlari va gʻalla tashqariga chiqarilgan.
Toshkent hunarmandlari tomonidan yasalgan xunarmandchilik va zargarlik buyumlari, qurolaslahalar butu n sharqsa shuhrat qozongan.
Toshkent vohasi oʻz tarixida takdirning koʻp sinovlarini, shahar va qishlokdarni vayronaga aylantirgan moʻgʻullar bosqini kabi ogʻir davrlarni boshidan kechirgan. Tarixiy manoalardan maʼlum boʻlishicha, faqat Amir Temur davriga kelib, vohada qaytadan rivojlanish boshlangan. Koʻplab shahar qishloklar yangidan qad rostlab, obod boʻlgan. Viloyat hududidagi mashhur Zangiota majmuasiAmirTemur tomonidan qurildi. Bu yodgorlik majmuining qurib bitkazilishi keyinchalik Mirzo Ulugʻbek tomonidan oxiriga yetkazilgan. Tarixdan maʼlumki, sohibqiron Amir Temur Toshkent sh. va Toshkent vohasiga koʻp marta tashrif buyurgan. Sirdaryo boʻyidagi moʻgʻullar vayron qilgan Banokat sh. ni qayta tiklab uni oʻgʻli Shohrux nomiga Shohruxiya deb atagan.
Iqlimi keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Yanv. ning oʻrtacha trasi — 1,3°, —1,8°, eng past t-ra —34° (tekislikda), —38° (togʻ etaklarida), iyulnint oʻrtacha trasi 26,8°, eng yuqori t-ra 43— 47°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, togʻ oldilariga 350—400 mm, togʻlarda 500 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Qor togʻlardagina uzoqroq saqlanadi. Vegetatsiya davri tekislik qismida 210 kun. Daryolari Sirdaryo havzasiga mansub (Sirdaryo — oʻrta oqimi, uz. 125 km va uning irmoklari — Chirchiq, Piskom va Ohangaron). Bular Tyanshan togʻlaridan boshlanadi va suvidan elektrenergiya olishda va sugʻorish ishlarida foydalaniladi. Sugʻorish kanallari: Boʻzsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va b. Tuyaboʻgʻiz suv ombori («Toshkent dengizi»), Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlarn bor.
Tuproqlari: tekislikda boʻz tuproq, togʻ etaklarida (500—600 m balandlikkacha) tipik boʻz tuproq, undan balandroqda chimqoʻngʻir, yuqrrirokda oʻtloqidasht tuproq, daryo terrasalarining quyi qismida, yer osti suvi yuza joylarda oʻtloqi va botqoq tuproq, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlardan iborat. Toshkent viloyatining tekislik qismi toʻla haydalgan, Sirdaryo buylarida kichik tuqaylar (terak, tol, jiyda, har xil butalar) mavjud. Togʻ etaklari va togʻlarda (1200— 1400 m balandlikkacha) togʻ dashtlari, yuqorirokda siyrak archazorlar, 2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Daryo vodiylarida terak, tol; togʻ etaklari va togʻlarning oʻrtacha balandliklarida olmazor va yongʻoqzorlar uchraydi, togʻolcha oʻsadi. Tekisliklarda sarik. yumronqoziq, qoʻshoyoq, kaltakesaklar, chul toshbaqalari, qalqontumshuq ilon va b., Sirdaryo toʻqaylarida chiyaboʻri, tolay quyoni, qobon; togʻ etaklari va togʻlarda ayiq, tulki, togʻ qoʻyi, jayra, boʻrsiq, kaklik, toʻrgʻay, archa boltatumshugʻi va b., togʻ daryolari va jilgʻalarda qora baliq, osman, laqqacha uchraydi. Viloyat hududida «Chimyon», «Burchmulla», «Bogʻiston», «Xumson», «Oqtosh» kabi bolalar oromgoxlari, iklimiy kurort va dam olish uylari bor. Toshkentdan 20 km uzoqlikda «Toshkent mineral suvlari» balneologik kurorti joylashgan. Toshkent viloyatida UgomChatqol milliy bogʻi (mayd. 574 ming ga) tashkil etilgan. Boshqizilsoy boʻlimida meteorologiya styasi (1956-y. dan) faoliyat koʻrsatadi.