86
3. Hozirgi sharoitlarda yer tuzish fanining rivojlanish xususiyatlari Yer munosabatlarining butun tizimi o‘zgarishiga olib keladigan iqtisodiy islohot, yerning ishlab chiqarish vositasi va tabiiy resurs sifatida ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatining oshishi bilan bog‘liq yer tuzish oldida yangi murakkab masalalar paydo bo‘ladi; ularning eng ahamiyatlilari quyida sanab o‘tiladi: 1. Ma’muriy tumanlar yer tuzish chizmalari yer islohotining hududiy masalalarini - qayta taqsimlanadigan yerlar fondini yaratish, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga va boshqalarga beriladigan hududlar chegaralarini belgilash va boshq. ishlar uchun ob’ektiv asosga aylanadi. Fermer xo‘jaliklari, kichik shirkatlar, jamoa bog‘dorchiliklari yer egaliklari va yerdan foydalanishlari tashkil etilishi bilan bog‘liq xo‘jaliklararo yer tuzish yanada rivojlanadi. 2. Noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun yer ajratish loyihalarini iqtisodiy, huquqiy va texnik asoslash masalalari majmuasini ishlab chiqishga talab kuchayadi. 3. Suv va shamol eroziyalari xavfi yuqori bo‘lgan xo‘jaliklar va tumanlarda hududni eroziyaga qarshi tashkil etishni jiddiy takomillashtirish zarurati tug‘ildi. Bunday mitaqalarda ilmiy asoslangan xo‘jalikda ichki yer tuzish loyihalari allaqachon eroziyaga qarshi tadbirlar majmuasi asosiga aylandi. Biroq yaqin kelajakda adaptiv dehqonchilikning asosi bo‘lib xizmat