88
kerak, sababi, yer tuzishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri loyihaviy yechimlarni grafik usulida
tasvirlash va xaritashunoslik usulida ularni belgilash hisoblanadi.
7. Yerdan ishlab chiqarishning umumiy vositasi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida asosiy
vosita va tabiiy resurs sifatida foydalanishning
har xil - ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, texnologik,
texnik, tashkiliy-xo‘jalik, huquqiy tomonlari bor. Ularning har biri o‘zlariga
mos qonuniyatlarni
aniqlash va umumlashtirishga, maqsadlar va vazifalarni, tamoyillar va aniq masalalarni yechishga
uslubiy
yondashuvlarni ifodalashga, definitsiyani (ilmiy aniqlash) va atamalarni asoslashga
qaratilgan u yoki bu fanning o‘rganish predmeti hisoblanadi. Yer tuzishda izlanish ob’ektlari, asosan,
yerdan foydalanishning ekologik tomoni bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-xo‘jalik
tomonlari hisoblanadi.
8. Zamonaviy yer tuzishning eng zarur masalalaridan biri - oldin tuzilgan va joylarga
ko‘chirilgan yer tuzish loyihalarini xo‘jaliklar tomonidan qabul qilingan loyihaviy elementlarni iloji
boricha kamroq buzish maqsadida takomillashtirishdir. Hududni tashkil etish nafaqat joriy davr,
balki uzoq kelajak uchun qo‘yilgan ishlab chiqarish vazifalariga ham mos bo‘lishi kerak. Yer tuzish
loyihalarini
asoslash usullari shu sababli, yaxshilashga muhtoj. Ularda ko‘pchilik hollarda yuqori
aniqlikda tuzilgan agroasoslashlar uchraydi, shu bilan birga, ularda hattoki, yer tuzish yechimlarining
o‘zini elementar iqtisodiy asoslash yo‘q, loyihani asoslash uchun talab qilinadigan ko‘rsatkichlar va
iqtisodiy hisob-kitoblar tizimini tartibga solish kerak.
Dostları ilə paylaş: