O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Xo‘jaliklararo yer tuzishning iqtisodiy mohiyati



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   139
Yer tuzish

Xo‘jaliklararo yer tuzishning iqtisodiy mohiyati
- hududni tashkil etishning barcha 
yaratiladigan shakllari va elementlarining (maydoni, ichki tuzilishi, shakli, joylashishi, 
chegaralari) yer tuzish ob’ektining, ishlab chiqarishni tashkil etishning, uni rivojlantirish va to‘la 
yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi talablariga mos bo‘lishidan iborat bo‘ladi. 
Tashkil etilayotgan yer egaligi (yerdan foydalanish) korxonaning va uning ishlab chiqarishining 
eng samarali faoliyat ko‘rsatadigan o‘lchamlariga mos bo‘lishi kerak. 
Yer egaligini (yerdan foydalanishni) tashkil etish
- bu butun yeri tuzila-yotgan hududga 
taalluqli bo‘lib, yer egaliklarini va yerdan foydalanishlarni tuzishni, qayta tuzishni, tartibga 
solishni (takomillashtirishni) va yerlarni joylarda ajratishni o‘z ichiga oladigan yer tuzish ishlari 
tizimidir.
Yer egaliklarini (yerdan foydalanishlarni) tuzish
- hohlagan yerlarda yangi xo‘jalikning 
yoki korxonaning mos yer maydonini yaratishdir.
Yer egaliklarini (yerdan foydalanishlarni) qayta tuzish
- xo‘jaliklar maydonlarini, 
joylashishini, shaklini va sonini sezilarli o‘zgartirishdir. 
Yer egaliklarini (yerdan foydalanishlarni) tartibga solish
- yer uchastka-larining 
o‘lchamlarini (joylashishi, maydoni, chegaralari) maqsadli yaxshilashdir. 
Yer toifalari
- bu yer fondining asosiy mo‘ljallangan maqsadi bo‘yicha ajratilgan, 
foydalanish va muhofaza qilishning ma’lum huquqiy tartibiga ega qismidir. 
Yer toifalarining huquqiy tartibi
-
 
yer va boshqa qonunchilik turlari
bilan belgilangan foydalanish, muhofaza qilish, hisob va monitoring qoidalari bilan aniqlanadi va

ma’lum yer toifasiga kiritilgan barcha yer uchastkalariga taalluqlidir. 
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar
- qishloq xo‘jalik extiyojlari uchun berilgan 
yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq 
xo‘jaligini yuritish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari va daraxtzorlar, xo‘jalikdagi 
ichki yo‘llar, injenerlik tarmoqlari, o‘rmonlar, yopiq suv havzalari, binolar, imoratlar va 
inshootlar egallagan yerlarga ajratiladi.


92 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin