O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   139
Yer tuzish

Dala yer tuzish izlanishlari
- loyiha ishlarining asoslangan va to‘g‘ri yechimlarini topish 
uchun o‘tkaziladi. Uning lozimligi va hajmi kameral tayyorgarlik davrida yihilgan hujjat va 
ma’lumotlarni o‘rganish va taxlil qilish natijasida belgilanadi. Bunday izlanishlar, yangi 
xo‘jaliklar tashkil bo‘layotganda va mavjud xo‘jaliklar qayta tuzilayotganda butun xo‘jalik 
maydonlarida, agar xo‘jaliklar yer maydonlaridagi kamchiliklar tugatilayotgan bo‘lsa, faqat yer 
tuzish ishlari o‘tkazilayotgan yerlardagina olib boriladi. 
fermer xo‘jaligi
- fermer xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer 
uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan 
shug‘ullanuvchi, fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, huquqiy shaxs 
huquqlariga ega, mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir.
Buzilgan yerlar
- respublika yer fondining hamma toifalaridagi inson faoliyati natijasida 
foydalanishga yaroqsiz holga kelgan yoki tuproq qatlami tarkibi va o‘simlik dunyosi, gidrologik 
sharoiti o‘zgarishi va relefi buzilishi natijasida atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi manbaaga 
aylangan yerlar.
Yerlarni rekultivatsiyalash
 
- bu injenerlik, texnik, melioratsiya, agrotexnika va boshqa 
tadbirlar tizimi bo‘lib, buzilgan yerlarning biologik unumdorligini va xalq xo‘jaligi uchun 
ahamiyatini tiklashga hamda atrof muhit sharoitini yaxshilashga qaratilgandir.
Texnik rekultivatsiyalash
- bu yerlarning ustki qismini belgili maqsad yo‘lida foydalanish 
uchun tayyorlash; bu jarayonda yerlarning ustki qismi tekislanadi, qirg‘oqlar sozlanadi, unumdor 
tuproq qatlamlari qirqib olinib rekultivatsiyalanadigan yerlarga yotqiziladi, kimyoviy 
melioratsiya ishlari o‘tkaziladi, yo‘llar, gidrotexnik va meliorativ inshootlar quriladi va hakozo; 
Biologik rekultivatsiya
- bu yer unumdorligini tiklashga qaratilgan tadbirdir. Unga 
yerning unumdorligini tiklash, o‘simlik va hayvonot dunyosini yangilashga qaratilgan agrotexnik 
va fitomeliorativ tadbirlar to‘plami kiradi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin