94
Shahar (posyolka), qishloq chegarasi
- bu uni boshqa toifalardagi yerlardan ajratib
turuvchi tashqi chegaradir. U yerdan foydalanish chegarasi hisoblanmaydi va mos huquqiy va
xo‘jalik ahamiyatiga ega emas; bu ma’muriy-hududiy chegaradir (ma’muriy tuman chegarasiga
o‘xshash). Uning chegarasi ichidagi yerlar foydala-nishda yoki mulkchilikda emas, balki
ma’muriyat tasarrufida, ya’ni, boshqaruvida bo‘ladi.
Shaharning yer xo‘jaligi tuzilishi rejasi
- bu reja o‘z ichiga shahar hududidagi yerlarni
o‘zlashtirish, ulardan hamda binolardan foydalanishning asosiy talablarini va hududni injenerlik
tayyorlash chizmasini oladi;
Aniq shahar yer xo‘jaligini tuzish loyihasi
- bu loyiha shahar hududlari, ya’ni, bog‘
o‘rmonlari, istirohat bog‘lari, meva-sabzavot xo‘jaliklari hududlarini tashkil etish, hamda
inshootlar qurilishlari, hududni injenerlik tayyorlash va shahar hududida o‘tkaziladigan
agrotexnik, meliorativ va boshqa tadbirlar uchun ishchi loyihalarni o‘z ichiga oladi.
Yerlardan foydalanishdagi cheklashlar
- hududning maxsus huquqiy tartibi-dan,
yerlarni ekologik himoyalash, tuproqlar unumdorligini saqlash, atrofdagi tabiiy muhitni
muhofaza qilish talablaridan kelib chiqadi.
Servitut
-
begona yer uchastkasidan cheklangan foydalanish huquqi (majburiyat,servitut)
yer uchastkasi egasi qo‘shni yer uchastkasi egasidan uning yeridan cheklangan tarzda foydalanish
imkoniyatini talab etganda belgilanadi.
Maxsus fond
- yerlarida yangi yer egaliklarini va yerdan foydalanishlarni tashkil etishdagi
xo‘jaliklararo yer tuzishning asosiy vazifasi bu fondni ajra-tilganidan boshqa maqsadlarda,
samarasiz foydalanilayotgan, hamda foydalanish-dan chiqqan yoki kamroq qimmatli yer turlariga
o‘tkazilgan yerlar xisobiga shakllantirish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: