“tiqxmmi” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Ch va qxm fakulteti “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi kunduzgi bo‘lim 3-kurs Yer kadastri va yerdan foydalanish sirtqi ta’lim yo’nalishi



Yüklə 0,93 Mb.
tarix17.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#156747
1- MAVZU (2)


“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Ch va QXM fakulteti “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi kunduzgi bo‘lim 3-kurs Yer kadastri va yerdan foydalanish sirtqi ta’lim yo’nalishi
“Yer tuzish” fanidan amaliy mashg’uloti
o’qituvchi: X.B.Meyliyeva
1-mavzu:Yer tabiiy resurs va ishlab chiqarish vositasi.
Suv - sugʼorma dehqonchilikda asosiy ishlab chiqarish vositasi. Yer tuzumi va yer islohoti.
1.
2.
Yer tabiiy resurs va ishlab chiqarish vositasi.
Yer tuzish va yer islohoti
Reja
Yer to‘g‘risidagi qоnun hujjatlarining asоsiy tamoyillari
1. Eng muhim tabiiy resurs, fuqarоlar hayotiy faоliyatining asоsi tariqasida yer fоndini asrash, tuprоq sifatini yaxshilash hamda uning unumdоrligini оshirish;
2. Yerlardan оqilоna, samarali va belgilangan maqsadda fоydalanishni ta`minlash;
3. Qishlоq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning, eng avvalо sug‘оriladigan yerlarning alоhida muhоfaza etilishini, kengaytirib bоrilishini hamda ulardan qat`iy belgilangan maqsadda fоydalanishni ta`minlash;
4. Qishlоq xo‘jaligi yerlarining unumdоrligini оshirish, yerlarning meliоrativ hоlatini yaxshilash hamda yerlarni muhоfaza qilish tadbirlarini amalga оshirishni davlat yo‘li bilan va bоshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash;
Yer to‘g‘risidagi qоnun hujjatlarining asоsiy tamoyillari
5. Yerga va butun atrоf tabiiy muhitga zarar yetkazilishining оldini оlish, ekоlоgik havfsizlikni ta`minlash;
6. Yerga egalik qilish va undan fоydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munоsabatlari ishtirоkchilarining teng huquqliligini ta`minlash hamda ularning qоnuniy huquq va manfaatlarini himоya etish;
7. Yerdan fоydalanganlik uchun haq to‘lash;
8. Yerlarning hоlati haqidagi axbоrоtning to‘liq bo‘lishini hamda undan erkin fоydalanishga yo‘l qo‘yilishini ta`minlash.
Tabiiy resurslar bu tabiiy muhitning ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining hozirgi darajasida odamlarning moddiy va m a’naviy talablarini (mehnat predmetlari va vositalari, iste’mol predmetlari) qondirish uchun foydalanilayotgan yoki foydalanilishi mumkin bo‘lgan tarkibiy elementlaridir
Tabiiy resurslarning ularni boshqa tabiiy sharoitlardan (tabiat jismlari va kuchlari) ajratib turadigan hamda odam uchun ahamiyatli xususiyati - ularning moddiy faoliyat jarayoniga to'g'ridan-to'g'ri jalb etilishidir.
Tabiiy resurslar ikki yoqlama xarakterga ega.
O‘zining moddiy shakli bo'yicha rivojlanishi, xususiyatlari va joylashishi tabiat qonuniyatlariga mos tabiat jismlari va kuchlaridir.
O'zining iqtisodiy m’azmuni bo'yicha esa ular iste’m ol qiym atlari hisoblanadi;
ularning foydaliligi talablar va jamiyat imkoniyatlarining rivojlanishi bilan aniqlanadi.
Tabiiy muhitning ahamiyatli tarkibiy qismi - yer resurslaridir.
iqlimi, relyefi, tuproqlari sifati, gidrologik sharoiti, o'simliklari va boshqa belgilari bilan tavsiflanadi, xalq xo'jaligi obyektlarini va aholini joylashtirish uchun kenglik asos, qishloq va o'rm on xo'jaliklarida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo'lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishda yerning qatnashishi m ehnat jarayoni asosida sodir bo‘ladi. M ehnat jarayoni quyidagi elem entlami o ‘z ichiga oladi: inson mehnati, mehnat predmeti va m ehnat vositasi. Qishloq xo'jaligida odam yerga boshqa mehnat vositalari yordamida ta’sir etib,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilish va keyinchalik qayta ishlash uchun mahsulot yetishtiradi.
Yer bilan ajralmas bog‘langan ishlab chiqarish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish binolari - chorvachilik fermalari, ustaxonalar, omborxonalar, elektr stansiyalari, mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalar;
suv xo‘jaligi va melioratsiya inshootlari - sug'orish va zax qochirish kanallari, hovuzlar va suv om borlari, quduqlar, suv ta’minoti tarmoqlari, bosimli suv minoralari;
transport qurilmalari - yo‘llar, ko'priklar va boshqa yo'l inshootlari;
Yer munosabatlari bu yerdan foydalanish, unga egalik, qilish va uni tasarruf etish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlardir.
Jamiyatning yer tuzumi bu jamiyatda yerga mulkchilikning qonun bilan belgilangan shakllari, unda xo jalik yuritish, yerga egalik qilish, yerdan foydalanish shakllari va yer tuzish, yerni taqsimlash tizimi va uni tartibga solish usullari asosida jamiyatda yuzaga kelgan barcha yer munosabatlari yig ‘indisidir.
E’tiboringiz uchun Rahmat!
Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin