Yana e’tiborni yer tuzishni loyihalashda qo‘llaniladigan qator me’yorlarni eksperimental tekshirish va aniqlik kiritishga qaratish kerak. Ulardan ayrimlari ko‘p yillar oldin ishlangan (ishlov berish yo‘nalishi uzunligi, yo‘l qo‘yiladigan nishablik, uchastkalarning shakli va tomonlari nisbati va boshq.) va ularning zamonaviy texnika va texnologiyalar talablariga mosligi shubha tug‘diradi. O‘tkaziladigan izlanishlardagi muvaffaqiyatning ahamiyatli shartlari tarixiylik, haqqoniylik,
iqtisodiy va o‘ziga xos yer tuzish usullarini qo‘llash, yer tuzish harakatlarining iqtisodiy, ijtimoiy va
ekologik oqibatlarini hisobga olish hisoblanadi. Bundan tashqari, fan va ishlab chiqarish
xodimlarining doimiy ijodiy hamkorligi zarur. Barcha izlanishlarni zarur yer tuzish masalalarini
yechish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqishgacha yetkazish qonun bo‘lib qolishi kerak. Faqat
shunday vaziyatdagina yer tuzish fani unga yuklangan yer islohotini uslubiyot va usullar bo‘yicha
asoslash vazifasini bajara oladi.
Nazorat savollari: 1.
Yer tuzish fanidagi izlanishlarning predmeti va vazifalari nimalar hisoblanadi?
2.
Yer tuzish nazariyasi rivojlanishining asosiy bosqichlari qanday?
3.
Yer tuzish fanida o‘tgan asrning 20-30 yillarida qanday yo‘nalishlar mavjud bo‘ldi?
4.
20-30-chi yillardagi qanday nazariyalar xato edi?
5.
60-80-chi yillarda yer tuzish fanining qanday o‘ziga xos xususiyatlari qanday edi?
6.
Yer tuzish nazariyasi va amaliyotida iqtisodiy islohot bilan bog‘liq qanday yangi vazifalar paydo
bo‘ldi?
7.
Zamonaviy yer tuzish fanining asosiy uslubiy marralari qanday?