O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


qilishi mumkin bo‘ladigan yer tuzishning yangi tizimini ishlab chiqish kerak bo‘ladi



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   139
Yer tuzish

qilishi mumkin bo‘ladigan yer tuzishning yangi tizimini ishlab chiqish kerak bo‘ladi.
4. Yer tuzish fani oldida ozuqa olinadigan yerlardan (yaylov va pichanzorlar) foydalanishni 
yaxshilash bilan bog‘liq ahamiyatli vazifalar turibdi. Ular hududlarini tashkil etish bo‘yicha 
oldingi tavsiyalar hozir yetarlik emas, takomillashtirishni va mintaqaviy aniqlashtirishni talab 
etadi. Madaniy sug‘oriladigan va yaxshilangan tabiiy yaylovlarda yer tuzish usullarini ishlab 
chiqish ham kerak. 
5. Yer tuzish va meliorativ tadbirlarni, hududni tashkil etish va sug‘orishni kompleks 
bog‘lashning ko‘plab masalalari yechilmasdan qolmoqda. Xuddi shunday masalalar zaxi 
qochiriladigan yerlarda ham paydo bo‘ladi. 
6. Yer tuzish loyihalarini joriy etishni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini kelajakda joriy va 
tezkor rejalashtirish bilan moslashtiruvchi uslubiyatni ishlab chiqish zarur. Buni loyihaning 
barcha tarkibiy qismlari va elementlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash 
darajasiga yetkazadigan ishchi loyihalar yordamida bajarish mumkin.
 7. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlash va ASM ko‘p ukladlilikni 
rivojlantirish bilan bog‘liq yangi vazifalar paydo bo‘ldi. Yer tuzishning mulkchilik shakllari va 
yerda xo‘jalik yuritish turlarining har xilligi, jamoa xo‘jaliklarining ommaviy qayta tashkil 
etilishi sharoitlaridagi xususiyatlarini o‘rganish kerak bo‘ladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan yerdan foydalanishni tashkil etish masalalari nafaqat yer tuzish 
rejalari, chizmalari va loyihalarida, balki, yerlarni tekislash, melioratsiyalash va boshq. tegishli 
ishlarda ham yechilishi mumkin, biroq, har qanday vaziyatda ham - bu yer tuzish masalalaridir. 
Shuning uchun har qanday yer tekislash ishlarini yer tuzish bilan bog‘lash, ilmiy atamalarni 
unifikatsiyalash, har xil tarmoqlarda va boshqarishning har xil darajalarida yerdan foydalanishga 
yondashuv usullari tizimi kerak. 
Yer tuzish ishlarini ilmiy-uslubiy ta’minlash, ularni nazariy asoslash har xil ilmiy 
konsepsiyalardan kelib chiqib olib boriladi. Ularning xo‘jaliklararo va xo‘jalikda ichki yer tuzish 
vazifalarini an’anaviy tushunish bilan bog‘langan ayrimlari hozir yer islohoti ta’siri ostida yangicha 
ohang va mazmun oldi. Fermer xo‘jaliklari va boshqa mayda xo‘jalik yurituvchi tuzilmalarni 
yaratish va ularning hududlarini tashkil etish muommolarini o‘rganuvchi yangi ilmiy yo‘nalishni 
ham ajratib ko‘rsatish kerak.
Yer kadastri hozir yer tuzish fanining mustaqil bo‘limiga aylandi. Qadimdan yer hisobi va 
inventarizatsiya, yerdan foydalanishlarni ro‘yxatga olish yer tuzish bilan ajralmas bog‘liq edi; hozir 
ularga yer turlarining xalq xo‘jaligidagi qimmatini aniqlash va sifat tavsifi, yer monitoringi qo‘shildi. 
Yer kadastri ishlarini bajarish va ularning natijalaridan yer tuzishda foydalanish yer tuzish 
xizmatining ahamiyatli vazifasiga aylandi. Mamlakat yer fondini boshqarishning umumiy 
muammolari tarkibida yer kadastri masalalarini yanada ilmiy ishlab chiqish talab etiladi. 


87 
Umuman, yer tuzish fanining ahvoli hali zamonaviy talablarga javob bermaydi. Uning yer 
tuzish va yerdan oqilona foydalanish bo‘yicha loyihaviy ishlarni ilmiy ta’minlashdagi roli 
tarmoqlararo ham, tarmoqlarda ham, ayniqsa qishloq xo‘jaligida yetarlik emas, yer tuzish va 
ekologiyaning zaruriy bog‘lanishi sezilmaydi. Ko‘p ukladli iqtisodiyotning rivojlanishi, yerga 
xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi, yer aylanishining murakkablashishi bilan bog‘liq paydo 
bo‘ladigan masalalarni yechish faqat endigina nazarda tutilmoqda. Bu sohalarda jiddiy yutuqlarga 
erishish uchun yer tuzishning ayrim umumuslubiy marralariga aniqlik qiritish kerak; ulardan eng 
asosiylarini sanab o‘tamiz. 
1. 
Yer tuzish nazariyasiga eng avvalo yer tuzishning yerdan oqilona foydalanishni tashkil etish 
bo‘yicha tadbirlar tizimi sifatida tushunchasini, maqsadlarini, vazifalarini, mazmunini, turlarini, har 
xil ko‘rinishlarini, shakllarini va tamoyillarini aniqlash kiradi. Nazariya amaliyotga yo‘nalish va aniq 
kelajakni beradi. Demak, unga nafaqat uslubiyat, ya’ni, «nimani va nima uchun qilish kerak?» degan 
savolga javob, balki usulni ham, ya’ni «qanday qilib va qanday ketma-ketlikda uni bajarish kerak?» 
degan savolga ham javob kiradi.
2. Ilmiy muammolar ichida umumiy va xususiylarini, uslubiyat va uslublarni ajratish kerak. 
Yerning ishlab chiqarish vositasi va tabiiy resurs sifatida faoliyatining umumiy qonuniyatlari asosida 
yer resurslaridan foydalanishni tashkil etishning umumiy tamoyillari shakllantiriladi, barcha 
vaziyatlarda loyiha yoki chizma yerdan foydalanishni tashkil etish yo‘llarini, usullarini, amallarini 
ko‘zda tutuvchi bashorat yoki reja tuziladimi ularga rioya qilish kerak. Bunday tamoyillarni hamda 
tushunchalar, maqsadlar va vazifalarni ifodalash yer tuzishning ilmiy asoslarining asosiy mazmunini 
tashkil etadi.
3. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin