O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Loyihalash  - yer tuzish jarayonining markaziy qismi, «Yer tuzishni loyihalash» ilmiy



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   139
Yer tuzish

Loyihalash
 - yer tuzish jarayonining markaziy qismi, «Yer tuzishni loyihalash» ilmiy 
fani esa loyihalarni tuzishning usullari, qoidalari va amallari hamda ularni iqtisodiy asoslash 
bo‘yicha - yer tuzish to‘g‘risidagi bilimlarining eng asosiy tarmoqlaridan biri, butun yer tuzish 
fanining asosidir.
Oldinlari yer tuzishning umum uslubiy asoslari «Yer tuzishni loyihalash» fanida keltirilar va 
uning nazariy bo‘limi mazmunini tashkil etar edi. Endi, ayrim «Yer tuzishning ilmiy asosalari» fani 
va boshqa qator fanlar (Yer tuzishda iqtisodiy-matematik usullar va modellashtirish», «Yer 
resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va bashoratlash va sh.o‘.) ajratilganidan keyin, ularning 
vazifalari va mazmunlarini aniqroq belgilash kerak bo‘ladi.
4. 
Yer tuzishga murakkab injenerlik-iqtisodiy tadbirlar majmuasi sifatida qarash kerak. U yer 
qonunchiligini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar tizimini o‘ziga qo‘shib olishiga qaramasdan, uning 
iqtisodiy mohiyati kamaymaydi. Yer qonunchiligi vositasida yer munosabatlari jamiyatdagi ishlab 
chiqarish munosabatlarining bir qismi sifatida tartibga solinadi. Yer tuzish esa ishlab chiqarishning 
o‘ziga va uning hududiy tashkil etilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Uning maqsadi xo‘jalik yuritishning 
maksimal samaradorligi bo‘lib qolaveradi. 
5. 
Yer tuzishni injenerlik san’atining turi sifatida ham baholash mumkin. Injenerlik yer tuzish 
va geodeziya usullari bilan yer tuzishning barcha texnik natijalari - chegaralar, yer egaliklari va 
yerdan foydalanishlarning joylashgan o‘rni, xo‘jalik massivlari va uchastkalari ta’minlanadi. Yer 
tuzishning uni boshqa turlardagi injenerlik san’atidan hamda u o‘zaro aloqada va o‘zaro bog‘liqlikda 
bo‘ladigan har xil chegaradosh iqtisodiy, texnik va tashkiliy-huquqiy tadbirlardan ajratib turadigan 
xususiyati aynan shulardan iborat. Shu bilan birga chegaralar, maydonlar, massiv va uchastkalarning 
joylashgan o‘rni, ularga o‘xshab hududni tashkil etuvchi chiziqli elementlar (yo‘llar, kanallar, ihota 
polosalari va boshq.) ham chuqur iqtisodiy asoslangan bo‘lishi kerak. Bu yerda mezon iqtisodiy 
samara, ishlab chiqarish talablariga moslik hisoblanadi. Shu sababli, yer tuzish to‘g‘risidagi fanni 
iqtisodiy fanlar turkumiga kiritishadi. Shu vaqtning o‘zida yer tuzishning injenerlik-texnik, ekologik-
landshaftli va huquqiy tomonlarini o‘rganuvchi fanlarni (injenerlik geodeziyasi, fotogrammetriya, 
yer tuzishda geodezik ishlar, hisoblash texnikasi va dasturlash, yer huquqi, qishloq xo‘jalik 
xaritashunosligi, yer tuzish chizmachiligi, landshaftshunoslik va boshq.) jadalroq rivojlantirish zarur. 
6. Zamonaviy amaliy yer tuzishda yer tuzish fanida kompyuterlar, har xil iqtisodiy-matematik 
usullarni qo‘llash kengaymoqda. Bu, ham izlanishlarning, ham loyihalashning darajasini ko‘tarish 
imkonini beradi. Bundan tashqari, eng yangi chizish va o‘lchash texnikalaridan keng foydalanish 


88 
kerak, sababi, yer tuzishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri loyihaviy yechimlarni grafik usulida 
tasvirlash va xaritashunoslik usulida ularni belgilash hisoblanadi. 
7. Yerdan ishlab chiqarishning umumiy vositasi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida asosiy 
vosita va tabiiy resurs sifatida foydalanishning har xil - ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, texnologik, 
texnik, tashkiliy-xo‘jalik, huquqiy tomonlari bor. Ularning har biri o‘zlariga mos qonuniyatlarni 
aniqlash va umumlashtirishga, maqsadlar va vazifalarni, tamoyillar va aniq masalalarni yechishga 
uslubiy yondashuvlarni ifodalashga, definitsiyani (ilmiy aniqlash) va atamalarni asoslashga 
qaratilgan u yoki bu fanning o‘rganish predmeti hisoblanadi. Yer tuzishda izlanish ob’ektlari, asosan, 
yerdan foydalanishning ekologik tomoni bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-xo‘jalik 
tomonlari hisoblanadi. 
8. Zamonaviy yer tuzishning eng zarur masalalaridan biri - oldin tuzilgan va joylarga 
ko‘chirilgan yer tuzish loyihalarini xo‘jaliklar tomonidan qabul qilingan loyihaviy elementlarni iloji 
boricha kamroq buzish maqsadida takomillashtirishdir. Hududni tashkil etish nafaqat joriy davr, 
balki uzoq kelajak uchun qo‘yilgan ishlab chiqarish vazifalariga ham mos bo‘lishi kerak. Yer tuzish 
loyihalarini asoslash usullari shu sababli, yaxshilashga muhtoj. Ularda ko‘pchilik hollarda yuqori 
aniqlikda tuzilgan agroasoslashlar uchraydi, shu bilan birga, ularda hattoki, yer tuzish yechimlarining 
o‘zini elementar iqtisodiy asoslash yo‘q, loyihani asoslash uchun talab qilinadigan ko‘rsatkichlar va 
iqtisodiy hisob-kitoblar tizimini tartibga solish kerak. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin