O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   139
Yer tuzish

Aholi punktlari yerlari
- shaharlar, qishloqlar chegara (chizihi) ichidagi yerlardir. Hozirgi 
vaqtda 120 shahar va shaharchalar, 1456 qishloqlar mavjud bo‘lib, ular 232,7 ming ga yerni 
egallab turishibdi. Aholi punktlari yerlari tarkibining 3,9% qishloq xo‘jaligi yerlariga to‘g‘ri 
keladi, qurilish tagidagi hudud esa 9% tashkil etadi. 
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar
 

ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun huquqiy shaxslarga berilgan yerlardir. Sanoat 
maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga sanoat korxonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika 
korxonalariga, ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun doimiy 
foydalanishga berilgan yerlar kiradi. Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga kabel, radio 
va havo aloqa tarmoqlari va elektr uzatish tarmoqlari tagidagi va ular o‘tgan yerlarga tutash 
yerlarda, qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda, muhofaza mintaqalari uchun ajratilgan 
yerlar kiradi. Qurolli kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yo‘l qo‘shinlarining harbiy qismlari, 
harbiy o‘quv yurtlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning joylashuvi hamda doimiy 
faoliyati uchun berilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallanagan yerlar deb e’tirof 
etiladi. 
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan 
yerlar
 -
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega 
bo‘lgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlardir; 
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga davlat 
qo‘riqxonalari, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, tabiat yodgorliklarining 
belgilangan tartibda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga maxsus maqsadlar uchun berilgan 
yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadlariga zid bo‘lgan faoliyat 
taqiqlanadi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin