O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Qishloq xo‘jalik korxonalari hududlarini tuzishda xo‘jaliklararo va xo‘jalikda ichki



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139
Yer tuzish

Qishloq xo‘jalik korxonalari hududlarini tuzishda xo‘jaliklararo va xo‘jalikda ichki 
transportning roliga katta ahamiyat berildi. Bu ishlarning mualliflari qishloq xo‘jaligi 
iqtisodi va yerdan foydalanishni tashkil etishda xususiy xo‘jalik yo‘nalishi tarafdorlari edi. 
Taniqli agrar iqtisodchi A.V.Chayanov shu yillardagi «Dehqonchilik xo‘jaliklarining 
optimal o‘lchamlari» (1921 y.) deb nomlangan ishida oilaviy dehqon xo‘jaligiga yuqori 
baho berdi.


83 
O‘tgan asrning 20 yillarida yer tuzish fanida matematik yoki texnik-geodezik deb 
ataladigan yo‘nalish paydo bo‘ldi; uni V.I.Kirkor, V.Lunev va K.N.Sazonov ishlarida ko‘rish 
mumkin. F.G.Nekrasov va A.A.Rjanis
ы
nlarning ilmiy ishlari maxsus o‘rinni egallashdi; ularni 
yer tuzishdagi yozma (bayonnoma) oqimiga kiritish mumkin. Bu ikki doktrina ham birinchi 
qatorga yer tuzish ishlarining formal (yuzaki) holatlarini surishdi; matematik yo‘nalish 
tarafdorlari, asosan, barcha xilma-xil yer tuzish ishlarini maydonlarni bo‘lish va boshqa texnik 
usullarga, yozma yo‘nalish esa - huquqiy me’yorlar va yer tuzishning protsessual 
xususiyatlarini taxlil qilishga bog‘lashdi.
Qishloq xo‘jaligini ommaviy kollektivlashtirish boshlanishi bilan prinsipial yangi vaziyat 
yuzaga keldi. Qishloqdagi shaxsiy yer ukladini tezlik bilan jamoa ukladiga almashtirishni ta’minlashi 
kerak bo‘lgan yer tuzishning yangi usullarini ishlash talab etildi. Yer tuzishning yangi usullarining 
faol targ‘ibotchisi prof. I.D.Shuleykin (1901-1938 y.) bo‘ldi. U tomonidan yer tuzishning uch shakli 
taklif etildi va asoslandi: jamoa xo‘jaliklarida ularni tashkil etish davrida oddiy yer tuzish (yer 
ko‘rsatish); chuqurlashtirilgan yer tuzish - yirik kolxozlar va sovxozlarda mexanizatsiyalashgan va 
industriallashgan ishlab chiqarish uchun hududni tashkil etish; o‘tkinchi shakl - oddiy yer tuzish 
kamlik qiladigan, chuqurlashtirilgan yer tuzishga ham erta bo‘lgan xo‘jaliklarda yer tuzish. Umuman 
teskari nuqtai nazarlar ham bo‘lib turdi. Masalan, «Traktorsentr» rahbari agronom A.A.Markevich 
matbuotda yer tuzishni olib tashlash» nazariyasi bilan chiqdi. U «....mashina traktor stansiyalari 
tashkil etilishi bilan yer tuzish muammosi o‘zining barcha o‘ziga xos qiyinchiliklari bilan umuman 
yo‘qolib ketadi» deb ta’kidladi. Bu konsepsiya agrar-iqtisodchilar va ilmiy yer tuzish jamooatchiligi 
tomonidan keskin qarshilikka uchragan bo‘lishiga qaramasdan yer tuzish kelajagiga ishonchsizlik 
tug‘dirib va qandaydir vaqtga yer tuzish xizmatini izdan chiqarib, o‘zining salbiy rolini o‘ynashga 
ulgurdi. 
Kolxoz va sovxozlarni - yirik jamoa korxonalarini ommaviy tashkil etish yer tuzish fanidan 
qiyin masalani yechishni - yirik xo‘jaliklar hududlarini tashkil etish uslubiyatini ishlab chiqishni 
talab etdi. Buning uchun ilmiy ishlarni tashkil etishning yangi shakllaridan foydalaniladi. Masalan, 
Moskva chegaralash institutida ilmiy-tekshirish byurosi tashkil etildi, u keyinchalik VASXNIL 
(qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi) tarkibiga kiruvchi hududni tashkil etish ilmiy-tekshirish 
institutiga aylantirildi. Unga I.D.Shuleykin rahbarlik qildi, unda N.I.Prokuronov, N.N.Burixin, 
S.A.Udachin, S.D.Cheryomushkin va boshqa olimlar faol ishladilar. Yer tuzish fani bevosita 
amaliyot bilan bog‘landi; byuroda ishlangan uslubiyat g‘allachilik sovxozlarida yer tuzish bo‘yicha 
ko‘rsatmalarga, keyin esa har xil yo‘nalishlardagi sovxozlar hududlarini tashkil etish bo‘yicha 
ko‘rsatmalar to‘plamiga 1932 y. ham asos qilib olindi.


84 
30 yillarda yer tuzishning bir martaligi nazariyasining turi sifatida hududni uning relefini, 
tuproqlarini va sharoitini hisobga olmasdan 100 gektarlik kvadratlarga bo‘lish yo‘li bilan universal 
tashkil etish konsepsiyasi paydo bo‘ldi, «Universal» yer tuzish tarafdorlari hududni xoxlagandek 
tashkil etishni shunday kataklarni guruhlash yo‘li bilan amalga oshirish mumkin deb hisoblashar edi. 
Hattoki, bu doktrinani ayrim janubiy mintaqalarda amalga oshirishga urinishlar ham bo‘ldi, lekin u 
tezda amalga oshirib bo‘lmasligi yaqqol sezilib, to‘xtatildi.
Kolxozlar va sovxozlarni tashkiliy-xo‘jalik jihatidan mustaxkamlashdek ahamiyatli masalani 
yechish uchun fan tomonidan 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin