80
Yer tuzish nazariyasi predmeti va usullarini shakllantirish, uning fanlar tasnifidagi
o‘rnini, boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasini, uning asosiy mazmunini aniqlash uchun
izlanuvchilarning bir necha avlodlari kuch-g‘ayratlarini sarflashga to‘g‘ri keldi.
Uzoq vaqtlarda u asosan yer tuzishni loyihalash usullari to‘g‘risidagi ta’limotdan iborat bo‘lib
keldi. Oxirgi 15-20 yil ichidagi nazariy izlanishlarning o‘ziga xos xususiyati ular doirasining sezilarli
darajada
kengayib, loyihalash chegaralaridan chiqib ketishi hisoblanadi. Bunda yer tuzish
amaliyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan ko‘plab voqealar - cho‘l va bo‘z yerlarni ommaviy o‘zlashtirish
va ularni tuzishning shakllarini izlash, keng miqyosdagi eroziyaga qarshi ishlarning boshlanishi, yer
va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida yangi qonunlarning qabul qilinishi, yer kadastri usullarining
ishlanishi, ilmiy-texnik bashoratlashning rivojlanishi, yer resurslaridan foydalanish bosh chizmasini
tuzish bo‘yicha ishlarning boshlanishi va boshq. o‘z rolini o‘ynaydi. Hozirgi yer tuzish fanining eng
asosiy vazifasi yer islohotlarini ilmiy-uslubiy ta’minlash hisoblanadi.
Qator hollarda bashoratlash, uzoq muddatli dastur yoki reja xarakteridagi, aniq loyihaviy emas,
balki, chizma tarzidagi yechimni talab etuvchi yer tuzish tadbirlariga zarurat tug‘iladi; yer
tuzuvchilar va yer tuzish organlarining har xil chegaradosh tadbirlarda qatnashishini kengaytirish
kerak bo‘ldi.
Shunday shaklda xo‘jaliklararo yer tuzish vazifalari
doirasini kengaytirish, tarmoqlararo
muammolarni yechish, noqishloq xo‘jalik tarmoqlarini tashkil etish va texnologiyalarini to‘laroq
hisobga olish zarurati kelib chiqdi. Loyihalarni tuzish, iqtisodiy va huquqiy
asoslash usullarining
o‘zi, yer tuzish ishlarini tashkil etish, rejalashtirish, ularning mazmuni
va bajarish usullari ham
bunday hollarda ma’lum o‘zgarishlarga uchraydi. Loyiha institutlari o‘zlarining asosiy vazifalari
bilan bir qatorda hozir yana inventarizatsiya va kadastr ishlarini bajarishadi,
tumanlar yer tuzish
chizmalarini tuzishadi, loyihalashdan oldin bajariladigan boshqa ishlarni hamda ishchi
loyihalashning u yoki bu yer uchastkasidan foydalanish intensivligini
oshirish maqsadida har xil
turlarini bajaradi.
Fan oldida yer tuzish ishlab chiqarishining yerning qishloq xo‘jaligida va boshqa
tarmoqlardagi faoliyati qonuniyatlari bilan chambarchas bog‘liq umumiy qonuniyatlarini aniqlash
vazifasi ko‘ndalang bo‘ldi. Shu bilan uning predmeti ancha kengaydi va ilmiy fan sifatidagi, uning
ahamiyatli qismi bo‘lib qoladigan yer tuzishni loyihalash chegaralaridan ancha uzoqqa chiqdi.
Natijada yangi fanlar - «Yer tuzishning ilmiy asoslari», «Yer tuzishda iqtisodiy-matematik usullar va
modellashtirish», «Yer resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va bashoratlash» va boshq.
paydo
bo‘ldi.
Yer tuzish nazariyasi va amaliyotida ko‘pchilik hollarda yer tuzishning ob’ektiv mavjud
ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va fan sifatidagi tushunchasini almashtirish kuzatiladi. Noto‘g‘ri
Dostları ilə paylaş: