78
Umuman Yevropa davlatlarda yer tuzish geodeziya mutaxassisliklarining 4-4-5 kurslarida
boshlanadigan ixtisoslashuv hisoblanadi. Oxirgi vaqtlarda u axborot, iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi va
tabiatni qo‘riqlash bo‘yicha mutaxassisliklarda rivojlanmoqda.
Xitoyda
yer tuzish ta’limi Pekin, Uxan, Nankin agrar universitetlarida, Mongoliyada-Ulan Bator
Agrar universiteti va Darxan shahridagi qishloq xo‘jaligi
institutida, Vetnamda-Xanoy qishloq
xo‘jaligi institutida jamlangan.
AQSh va Kanadada
toza yer tuzish ta’limi yo‘q. Ta’lim tuproqshunoslik va geografiya
fakultetlari, tabiatni qo‘riqlash yo‘nalishidagi va GAT tizimlari kafedralarida
iqtisodiy va qurilish
bo‘limlarida (yerlardan foydalanishni rejalash,
landshaftli arxitektura, ko‘chmas mulk iqtisodi va
geodeziya) hamda, agrar universitetlarda (qishloq ho‘jalik yerlarni tuzish) jamlangan.
Shunday qilib chet ellarda yer tuzish ta’limi yer o‘lchovchilarga
keng mutaxassislikni
ta’minlaydigan har xil yo‘nalishlarda rivojlanmoqda.
Nazorat savollari va topshiriqlar.
1.
Chet ellarda “yer tuzish” tushunchasi qanday shakllandi?
2.
Har xil davlatlarda yer tuzish ishlarini qanday xizmatlar boshqaradi?
3.
Yaqin va uzoq chet el davlatlarida qanday yer tuzish xarakatlari bajariladi?
4.
O‘zbekiston va chet elda yer tuzish tizimlarining ustunliklar va kamchiliklarini baxolang.
Dostları ilə paylaş: