O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   139
Yer tuzish

Uchinchidan :
 yer tuzish loyihalari asosan, davlat organlarinig va mahalliy hokimiyatning 
ishtiroki va nazorati ostida “birinchi navbatda – xalq manfaatlariga xizmat qilish” shiori 
ostida ishlanmoqda. Shu sababli, birinchi navbatda xususiy yer egalarining manfaatlariga 
ta’sir etiladi, yerlardan foydalanishni mahalliy, mintaqaviy va davlat bo‘yicha rejalash
hududni mintaqalash, yer munosabatlarining davlat tomonidan iqtisodiy, huquqiy v a tashkiliy 
choralar yordamida tartibga solish amalga oshiriladi. 
To‘rtinchidan
: yer tuzish aniq tabiatni qo‘riqlash ko‘rinishini oladi va shu sababli yer 
tuzish loyihalari mustaqil ekspertizadan o‘tkaziladi.
Chet davlatlarning yer tuzish ta’limi biznikidan farq qiladi. Masalan, yer tuzish va kadastrlar 
sohasi ta’limi, asosan geodeziya, geomatika, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi mulkiy munosabatlar 
iqtisodi, arxitektura va qurilish, (shahar yerlarida yer tuzish uchun) sohasidagi mutaxassisliklarga ega 
fakultetlarga bog‘langan. Germaniyada, masalan, yer o‘lchovchilarning fundamental ilmiy 
yo‘nalishlari va klassik ta’limi universitetlarda jamlangan, amaliy professionala yer tuzish ta’limi esa 
maxsus oliy maktablarda (Fachhochschute, zemleustroystvu)
tashkil etilgan. Oliy o‘quv yurtlari 
orasidan Myunxan universitetini, Vyursburg shaxridagi (G‘arbiy Germariya) va Anxalt (Sharqiy 
Germaniya) oliy maxsus maktablarini ko‘rsatish mumkin.
Shvesiya va Fransiyada
yer tuzish ishlari, birinchi navbatda mulkiy munosabatlarga bog‘liq, 
shuning uchun yer tuzish ta’limi markazlari universitetlarning iqtisodiy va texnik kafedralari 
hisoblanadi. (Korollik politexnika universiteti, Stokgolm Sh.Shvesiya, Parijdagi, Dijonskiydagi, 
Nissedagi Fransiya va boshqalar ). Yer tuzishning ekologiya yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi 
universitetida (Upsula shahri, Shvesiya) o‘rganiladi.
Shveysariyada
yer o‘lchovchilar syurex va Lozanna shaharlaridagi federal oliy texnik 
maktablarida, Daniyada-Aaloborg shahridagi universitetda Polshada-Varshavadagi Politexnika 
universitetida, Olsht
ы
n shahri universitetida Vroslav va Krakov qishloq xo‘jaligi akademiyalarida 
tayyorlanadi. Bu davlatlarda oxirgi yillarda yer tuzishning yangi, yer tuzish sohasida yangi 
informatsion texnologiyalar GIS va ZIS tizimlarini qo‘llashga qaratilgan geomatika yo‘nalishi 
rivojlanmoqda.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin