amalga oshiradigan yer o‘lchovchilar tomonidan bajariladi. Masalan, Shveysariyada Federal kengash tomonidan 1992 yil 18 noyabrda qabul qilingan va 1998 yil to‘ldirilgan “Kadastr s’yomkasi to‘g‘risida”gi (VAV)qaror va Federal yustitsiya va politsiya departamenti tomonidan 1994 yil 10 iyunda qabul qilingan va 1995 yil to‘ldirilgan “Kadastr s’yomkasi to‘g‘risida”gi Texnik qaror (TVAV) bor. Bu mamlakatda kadastr s’yomkalari xususiy byurolar yer o‘lchovchilari tomonidan bajariladi. Bu byurolar munitsipial tashkilotlarda mavjud bo‘lib, faoliyatlarini shartnomalar asosida olib boradi. Kantonlar kadastr byurosi TVAV asosidagi ish yuritish bo‘yicha texnik ko‘rsatmalarni tasdiqlab, kadastr s’yomkalarini o‘tkazishga javobgar va yer tuzish ustidan nazoratni amalga oshiradi. Direksiya kadastr s’yomkalarining oliy organi sifatida Shveysariyaning mudofaa, xavfsizlik va sport Departamentining davlat topografiya Federal boshqaruvi tarkibiga kiradi. Hukumatning yustitsiya va politsiya Departamentida Federal yustitsiya boshqarmasi
bo‘lib, unda yer bo‘yicha kitob Federal xizmati faoliyat ko‘rsatadi. Yer bo‘yicha kitobga
ko‘chmas mulk, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq, tog‘ – kon sanoati korxonalari, yer
uchastkalariga qisman bo‘lgan mulkiy huquqlar kiritiladi. U ko‘chmas mulkka bo‘lgan
huquqlar kadastri asosini tashkil etadi.
Boshqa davlatlarda, masalan. Shvesiya. Finlandiya, Gollandiya, Ispaniya Yer
kadastri s’yomkalari, xususan, xo‘jaliklararo yer tuzishni yer, yer kadastri va topografo –
geodezik hizmatlar va ularning joylardagi hududiy bo‘linmalari o‘tkazadi. Jumladan,
Ispaniyada 1980 yillarda Moliya Vazirligida 65 hududiy bo‘limlarga ega yer kadastri
s’yomkalari yer tuzish bilan 1996 yil davlat hokimiyatida boshqarma darajasini olgan
Davlat topografiya xizmati shug‘ullanadi. Shvesiyada yer tuzish harakatlarini Milliy yer
hizmati (National land Survey)olib boradi.