Hozirgi davrda nafaqat bitta yer egaligiga, balki ma’lum ekologo-landshaftga ega, bir necha fermer xo‘jaliklarini o‘z ichiga olgan hududlarga ham bunday loyihalar ishlana boshladi va ular yer tuzish hujjatlariga aylanishdi. Bunday loyihalarningt vazifasi (Germaniya, Avstriya, Vengriya, Chexiya, Slovaxiya va boshqa davlatlarda faol ishlana boshlagan) –yerdan foydalanishlarning optimal turlarini, yer turlarining va ekinlarning agroekologiya talablari asosida agroekologik yo‘nalishlarini, mikrozapovedniklarni va boshqa tabiatni muhofaza qilish hamda hududni tashkil etishning injenerlik – xo‘jalik elementlarini joylashtirish bilan yer turlari va ekinlarning ratsional tarkibini tanlashdir.
77
Birinchidan : yer tuzish buyurtmalarini avvalo, davlatning katta qismi raqobatchilik asosida davlat va xususiy kompaniyalar asosida taqsimlanadi. Buning uchun tenderlar, savdolar, tanlovlar tashkil etiladi. Ikkinchidan : katta hududlarni va ko‘plab yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni qamrab olgan yer tuzish promoterlar deb ataluvchi shaxslar yoki yer bozori qatnashuvchilari hisoblangan kompaniyalar qatnashuvida o‘tkaziladi. Belgilangan tadbirlani amalga oshirilishi investitsiyalarni yoki yer tuzishni amalga oshirish uchun boshlang‘ich kapital ajratiladigan izlab topish bo‘yicha tashabbusni o‘z zimmalariga oladi. Promoterlar (Promoter inglizcha so’z bo’lib tashkilotchi, tadbirkor, kuzatuvchi ma’nolarini bildiradi) hattoki loyihani amalga oshirish uchun yerni sotib olishlari, masalan, loyihani ishlashlari, tarmoqlarni, yo‘llarni qurishlari mumkin, keyin esa ayrim yer uchastkalarini shaxsiy uy-joy qurish uchun sotishlari mumkin.