MOYLI EKINLARNING UMUMIY TAVSIFI O‘simlik moylari hayvon yogiari bilan bir qatorda oziq-ovqat ahami- yatiga ega. O‘simlik moyi bevosita oziq-ovqatga ishlatiladi va konserva, konditer, non tayyorlashda, shuningdek, margarin, olif, stearin, linoleum, lak, bo‘yoq sanoatida, moylash materiali sifatida tibbiyotda foydalaniladi. Moyli ekinlarning urug‘larini qayta ishlab moy olishda hosil bo‘lgan kun- jara va shrot oqsilga boy (35-40 %) sifatli oziqa. Ularning ko'pchiligi qimmatli asal beruvchi o‘simlik.
O‘simlik moyi uch atomli spirt glitserin va yog' kislotalarining mu- rakkab efiri hisoblanadi. Oqsil va uglevodlarga nisbatan yog'lar (o'simlik moyi) ko‘p kaloriya saqlaydi. 1 g o'simlik moyida 39,8 kJ, 1 g oqsilda 18,4—23, 1 g uglevodlarda 16,7—17,6 kJ energiya saqlanadi.
Turli moyli ekinlarning urug'lari va mevalarida, yog' miqdori turga, navga, tuproq-iqlim sharoiti, qo'llanilgan agrotexnikaga bog'liq holda 15,5— 63,0 % o'zgaradi
Moyli o'simliklar urug'laridagi yog‘ miqdori va sifati
Ekin
Mutlaq quruq urug'dagi yog' miqdori, %
Yod soni
Sovunlanish soni
Kislota soni
Qurish darajasi
Lvallemansiya
23,3-37,3
162-203
181-185
0,8-4,4
quriydigan
Perilla
26,1-49,6
181-206
189-197
1,6-3.9
«
Moyli zig'ir
30,0-47,8
165-192
186-195
0,5—3.5
Moyli ko'knor
46,0-56,0
131-143
189-198
-
«
Kungaboqar
29,0-56,9
119-144
183-186
0,1-2,4
yarim quriydigan
Maxsar
25,0-32,0
115-155
194-203
0,8-5,8
«
Kunjut
48,0-63,0
103-112
186-195
0,2—2,3
«
Sova
15,5-24,5
107-137
190-212
0,0-5,7
«
Ko'k xantal
35,2-47,0
92-119
182-183
0,0-3,0
«
Oq xantal
30,2-39,8
92-112
170-184
0,06-8,5
«
Kuzgi raps
45,0-49,6
94-112
167-185
0,1-11,0
«
Bahori raps
33,0-44,0
101
187
2
«
Yervong'oq
41,2-56,5
83-103
182-207
0,03-2.24
qurimaydigan
Kanakunjut
47,2-58,6
81-86
167-185
0,1-11,0
«
Ko'pgina o'simlik moylari havodagi kislorodni biriktirib quriydi va qattiq elastik massaga aylanadi. Yog'ning qurish xususiyati uning muhim sifat ko'rsatkichlaridan biridir. Moy tarkibidagi to'yinmagan yog' kislotalarining miqdori yod soni bilan belgilanadi va 100 g moyga birikkan yodning gramm miqdori bilan ifodalanadi. Yod soni qancha ko'p bo'lsa, moyning qurish xususiyati shunchalik yuqori bo'ladi. Hamma o‘simlik moylari qurish darajasiga qarab uch guruhga bo'linadi:
Quriydigan (yod soni 130 dan ortiq) moylar — asosan, texnikaviy maqsadlar uchun ishlatiladi. Zig‘ir, perilla, lyallemansiya moylari shu guruhga kiradi.
Yarim quriydigan (yod soni 95—130 gacha) moylarga — soya, kunjut maxsar, kungaboqar, raps, xantal moylari kiradi. Ular, asosan, oziq-ovqat maqsadlarida ishlatiladi.
Qurimaydigan (yod soni 95 dan kam) moylarga — yeryong'oq ham- da kanakunjutlar kiradi.
Oziq-ovqat va texnikaviy moylarda erkin yog' kislotalarining kam bo'lishi uning sifatli ekin ekanligini belgilaydi. Erkin kislotalar miqdori moydagi kislota soni bilan belgilanadi va 1 g moydagi erkin kislotani neytrallash uchun sarflangan o'yuvchi kaliyning mg hisobidagi miqdori bilan aniqlanadi. Moyning kislotaliligi urug'ning pishganligi, hosilni yig'ishtirish sharoiti, saqlashga bog'liq.
Oziq-ovqatga ishlatiladigan moy o'tkir hidli bo'lmasligi va og'riq paydo qilmasligi lozim. O'simlik moyining sovunlanishi 1 g moydagi erkin hamda glitserin bilan bog'langan yog' kislotalarini neytrallash uchun sarflangan mg hisobidagi o'yuvchi kaliy miqdori bilan aniqlanadi. Juda ko'p o'simlik moylari uchun sovunlanish soni 170—200.
O'simlikda yog'lar, asosan, urug'da va mevalarda to'planadi. Urug'lar pishishida erkin yog' kislotalari ko'p hosil bo'ladi va ular keyinchalik glitserin bilan birikadi. Pishmagan urug'lar moyining kislotaliligi yuqori. Issiq iqlim sharoitida to'yingan yog' kislotalar miqdori ko'p bo'lib, moy- da yod soni kam, salqin iqlimda to'yinmagan yog' kislotalari ko'p bo'ladi va yod soni ortadi.
O'simlik moylari orasida oziq-ovqat uchun foydalanishi va yalpi ish- lab chiqarishi bo'yicha birinchi o'rinda soya, ikkinchi kungaboqar, ke- yingi o'rinlarda yeryong'oq, paxta, raps, zaytun, kunjut, makkajo'xori, maxsar moylari turadi.
Oziq-ovqatga dog'lanmagan (qizdirilmagan), tozalangan, salat, o'simlik moylarini ishlatish organizmda xolestrin moddasi to'planishining oldini oladi, qon tomirlarining elastik, terming mayin va nozik bo'lishini ta’minlaydi, ajinlar paydo bo'lishining oldini oladi.
KUNGABOQAR Kungaboqar — muhim moyli ekinlardan biri. Zamonaviy kungaboqar navlarining urug'larida 50—54 % yarim quriydigan sifatli moy saqlanadi. Uning moyidan bevosita oziq-ovqatga, baliq, sabzavot konservalarini tayyorlashda, margarin, non va konditer mahsulotlarini ishlab chiqarish- da foydalaniladi.
Kungaboqaming moyida — linol va olein, to'yinmagan yog' kislotalari ko‘p.
K ungaboqar. 1, 2 — unib chiqish va gullash fazalaridagi o'simlik;
3 — yetilgan savatcha; 4 — gul va lining organlari; naychasimon (a) va
tilsimon (b), urug‘cha (a), changchi (e); 5 - chang (kattalashtirilgani); 6
— to'pgulning kesimi; 7 — kungaboqarning butun va kesilgan mevalari:
moyli (a), oraliq (b) va chaqiladigan (d).
Zamonaviy kungaboqar navlarida hamma yog‘ kislotalarining 55—60 % linol, 30—35 % olein kislotalari hissasiga to'g'ri keladi. So‘nggi yillarda yaratilgan kungaboqar navlarining moyida 75—80 % olein va 12— 17 % linol kislotalari saqlanadi. Bunday moylar sifatiga ko'ra zaytun yog‘iga yaqin turadi. Kungaboqar yog'ida A, D, E, К vitaminlari, fosfatidlar bor.
Kislotaliligi yuqori, sifati past kungaboqar moylari stearin, linoleum, klyonka tayyorlashda, shuningdek, elektrotexnika, sovun, bo'yoq, lak ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladi.
Urug‘larni шоу olish uchun qayta ishlashda 33—35 % yuqori sifatli kunjara olinadi. Kunjarasi almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarga boy.
Uning 1 kg kunjarasida — 1,09 o.b. va 226 g hazmlanadigan protein, 1 kg shrotda — 1,02 o.b. va 363 g hazmlanadigan oqsil saqlanadi.
Kungaboqarning ang‘iz qoldiqlari, asosan, to‘poni va maydalangan savatchalari, chorva mollari uchun qo‘shimcha oziq, urug'larining po‘chog‘i geksoza va pentoza shakarini ishlab chiqishda qimmatli xomashyo. Poyalarini kuydirgach, kulidan ishqor olinadi. Shuningdek, kuli qimmatli o‘g‘it hisoblanadi. U asal beruvchi o‘simlik. O‘zbekistonning lalmikorligida kungaboqar silos va yashil oziqa uchun ekiladi. U sho‘rga chidamli boshqa o‘simliklar uchun agrotexnikaviy ahamiyati katta.
Urug‘ po'choqlaridan olingan geksoza shakaridan etil spirti, oziqa achitqilari, pentoza shakaridan sun’iy tola, plastmassa, sinmaydigan shisha ishlab chiqarishda foydalaniladigan furfurol olinadi.
Quritilgan savatchasidan olingan 1 kg unda 0,S o.b. va 38—43 g protein saqlanadi.
Tarixi. Kungaboqarning vatani — Shimoliy Amerika. U yerda kungaboqarning yovvoyi turlari keng tarqalgan. Ispanlar uni 1510-yili Yev- ropaga keltirishgan. Dastlab u manzarali ekin sifatida yetishtirilgan.
O‘zbekistonda kungaboqar urug‘ uchun ang'izda ekilmoqda (Sur- xondaryo, Samarqand). Lalmikorlikda urug‘ hosili 4-5, sug'oriladigan yerlarda 25—27 s/ga ni tashkil qiladi. Kungaboqar 2004-yilda jahon dehqonchiligida 21,3 min gektar maydonga ekilib, urug‘ hosildorligi 8,6 s/ga, yalpi hosili 26,1 min tonnani tashkil etgan. Kungaboqar Rossiya, Ukraina, AQSH, Argentinada ko‘p ekiladi.