O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona davlat Universiteti



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə1/20
tarix10.06.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#61176
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Yangi MD


O’zbekiston Respublikasi
oliy va o’rta MAXSUS ta’lim vazirligi
Farg’ona davlat Universiteti

Qo’lyozma huquqida


O’DK. 574.472.595.752(575)


FOZILOVA UMIDAXON HASANBOY QIZI
JAMOA BO’LIB HAYOT KECHIRUVCHI HASHOROTLAR: BIOLOGIYASI,EKOLOGIK XUSUSIYATLARI”

5A140101-biologiya (zoologiya)


magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan


DISSERTATSIYA
Ilmiy raxbar: biologiya fanlari nomzodi,dotsent
Sh.Q.Yuldasheva
Farg’ona-2022

Mundarija


KIRISH………………………………………………………………
I BOB TADQIQOT MATERIALLARI VA USLUBLARI
1.1.Tadqiqot materiallari…
1.2.Tadqiqot uslublari……..
1.3.Bob bo’yicha xulosalar……………
II BOB HASHOROTLARNING JAMOA BO’LIB YASHASH XUSUSIYATLARI…….
2.1. Chumolilar (Formicidae)ning bioekologik xususiyatlari…………
2.2. O’simlik shiralarining ayrim vakillarining bioekologik xususiyatlari…………………….
2.3.Arilar(Apotdea) oilasi vakillarining jamoa bo’lib yashash xususiyatlari
2.4.Termitlar………
2.5.Bob bo’yicha xulosalar………………………………..
III BOB JAMOA BO’LIB YASHOVCHI HASHOROTLARNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI
3.1.Tabiatda hashorotlarning foyda keltirish xususiyatlari…………………
3.2. Jamoa bo’lib yashovchi hashorotlarning qishloq xo’jaligiga zarar keltirishi
XULOSA…………………………………………………………………………
AMALIY TAVSIYALAR……………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Dunyo miqyosida aholi sonining ortib borishi ularni qishloq xo’jalik maxsulotlariga jumladan, oziq ovqatga bo’lgan talabini oshirmoqda Respublikamizdaaholini sifatli oziq ovqat maxsulotlari bilan ta’minlash maqsadida qishloq xo’jaligiga katta e’tibor berilmoqda.
Respublikamizda qishloq xo’jalik ekinlarini zararkunanda, kasallik va begona o’tlardan himoya qilish muxim ahamiyatga ega .Chunki manbalardan ma’lum bo’lishicha qishloq xo’jalik ekinlarining uchdan bir qismi turli omillar ta’sirida nobud bo’ladi. Yer yuzida ekinlar hosilini mazkur omillar ta’sirida nobud bo’lishi barcha tur ekinlar bo’yicha 34.2% jumladanbegona o’tlardan 10%, kasallik qo’zg’atuvchilardan 12.1%, zararkunanda hashorotlardan 11% ni tashkil etadi.
Ekinlarga zarar keltiruvchi hashorotlar orasida shiralar ham asosiy zararkunandalardan hisoblanadi. Shiralarning zararli xususiyatlarini o’rganish ularga qarshi kurashishning samarali usullarini ishlab chiqish bugungi kunning talabi hisoblanadi.
Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil olishda ularning yaxshi changlanishi, turli zararkunanda hashorotlar ta’siridan saqlanishi zarur. O’simliklarni sifatli changlatishda asalariga teng keladigan hashorot bo’lmasa kerak. Shuning uchun mevali bog’lar, paxta dalalari ekilgan maydonlarga asalari qutilarini joylashtirish o’simliklarni changlatib yuqori hosil olishga va yaxshi sifatli asal olishga sabab bo’ladi. Asalarichilik ham qishloq xo’jaligining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mevali o’simliklar hosildorligini oshirishda, yangi navlar yaratishda asalarichilik maxsulotlari olishda asalarining o’rni nihoyatda katta. Asalari yordamida changlangan o’simliklarning hosildorligi ancha yuqori bo’ladi.
O‘zbekiston Respublikasida asalarichilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda nasilchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada ko‘paytirish, asalni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, asalarichilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni Respublikamizni barcha hududlarida tatbiq etish bugungi kunning asosiy vazifalaridandir. Asal tarkibida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan ko‘plab moddalar mavjud. Tabiatning bu ajoyib jonzoti nafaqat asal, balki, hayot uchun juda muhim bo‘lgan shifobaxsh modda, asalarichilar tili bilan aytganda zahar ham ishlab chiqaradi. Dorishunoslik sanoati uchun juda zarur bo‘lgan asalari zahari dunyo bozorida qimmatbaho hisoblanadi. Bundan tashqari asalari mahsuloti hisoblangan propolis, mum, ona ari suti ham dori-darmon sifatida ishlatiladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, asalari to‘playdigan tabiiy asal tarkibi jihatidan juda yuqori quvvatli mahsulot hisoblanadi. Uning quvvati 100 grammda 300 kaloriyani tashkil etadi.
Bugungi kunda dunyo bo‘yicha termitlar tomonidan keltirilayotgan zarar yildan-yilga oshib bormoqda. «G‘arbiy Afrikada termitlarning binolarga keltirayotgan zarari joriy ta’mirlash uchun sarflanadigan mablag‘ning 10% ni tashkil qilsa, AQSHda termitlar keltirayotgan zarar yiliga 1,5 mlrd., dunyo bo‘yicha esa 20 mlrd. dollarni tashkil etadi»Termitlar tarixiy-madaniy obidalar, strategik ahamiyatga ega ob’ektlar, gidrotexnik inshootlar, aholi turar joylari va ma’muriy binolardagi yog‘och konstruksiya qurilmalariga jiddiy zarar keltiradi. Birgina 100 sm3 hajmdagi 25 ming dona termitdan iborat bo‘lgan bitta oila bir yil davomida o‘rtacha 50 ming sm3 hajmli turli ko‘rinishdagi sellyulozani ist’emol qiladi. Shuningdek, uglerodning global aylanishi hamda atmosferada issiqxona gazi – uglerod dioksidi konsentratsiyasining oshishiga imkon yaratadi. Bu bevosita termitlarning hazm bezlari, simbiont fermentlari hamda ulardagi biokimyoviy jarayonlarning faolligi hisobiga amalga oshadi. Termitlarning yashirin hayot tarzi, ekologik tashqi muhit omillaridan kuchli himoyalanganligi, uyalarida tabaqalarining funksional ixtisoslashganligi va qisqa muddatda o‘z populyasiyasini qayta tiklay olishi ularga qarshi kurash choralarini qo‘llashda qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun ularning biologiyasi va ekologiyasini chuqur tadqiq etish ularga qarshi kurashishda samarali usullar ishlab chiqishda nazariy asos bo’ladi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin