O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona davlat Universiteti



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə14/20
tarix10.06.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#61176
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Yangi MD

2.4.Termitlar
Termitlar (Isoptera) turkumi. Termitlar - tropik iqlimda tarqalgan, jamoa bo‘lib yashovchi hasharodar. Termitlar oilasi murakkab polimorf bo‘lib, bir necha xil individlar: ishchilar, navkarlar, erkaklari va urg'ochisidan iborat. IshchilariningkattaUgi 0,8-1 sm bo‘lib, jinsiy voyaga yetmagan urg‘ochi yoki erkak individlardan iborat. Ulaming boshi katta, mo‘ylovi, oyoqlari va jag‘lari yaxshi rivojlangan, lekin qanoti bo‘lmaydi. Ishchi termitlar oilada erkak, urg‘ochi, navkarlar va lichinkalami boqish, in qurish vazifasini bajaradi . Navkarlarining boshi juda yirik, ustki jag'lari kuchli rivojlangan va o‘tkir bo‘ladi. Erkagi ishchilariga о‘xshash, lekin mustaqil oziqlanolmaydi. Ona termit juda yirik bo ‘lib, ко‘payish vazifasini bajaradi. Oilada juda ko‘p (ba’zan bir necha million) ishchilar, bir necha erkagi, ko'plab navkarlari va bitta ona termit bo‘ladi. Qanotlar ona va erkak termitlarda faqat ко‘payish davrida hosil bo‘ladi, keyin sinib tushadi. Tropik mamlakatlarda yashaydigan termitlar 2-3 m balandlikda in yasaydi. Turkiston termiti Ancantho termes turkestanicus 0 ‘rta Osiy- oning dasht va cho‘llarida keng tarqalgan, 80-100 sm chuqurlikda in quradi, yoki yog'ochlaming ichida yashaydi. Bu termit oilasi bir necha yuzta indi- viddan iborat. Termitlar o‘simlik qoldiqlari, yashil o‘simliklar bilan oziqlanadi. Ulaming ichagida o‘simlik kletchatkasini o‘zlashtirishga yordam beradigan bir xo‘jayrali xivchinlilar simbioz yashaydi. Turkiston termiti yog‘och inshootlarga ziyon keltiradi.
Termitlar – chala rivojlanuvchi ya‘ni o‘z hayoti davomida tuxum, lichinka, imago fazalarini o‘tib yashovchi jonzotlar hisoblanadi. Hayot tarziga kelsak, ular kolloniya tuzib yashovchi hashoratlar bo‘lib, ularda o‘z nasliga g‘amxo‘rlik qilish kuchli rivojlangan bo‘ladi. Kolloniyada termitlar bir necha rivojlanish fazasi va guruhlardan iborat bo‘lib, ular tashqi ko‘rinishi, bajaradigan vazifasi bilan bir-biridan farq qiluvchi ishchilar, askarlar va jinsiy individlardan iborat bo‘ladi. Uyada bir juft erkak va urg‘ochi termit bo‘lib, ularni odatda shoh va malika deb aytiladi
2.4.1-rasm Termitlar jamoasining a’zolari
Lichinka – jinsiy etishmagan rivojlanishi asta-sekin bo‘lgan bir necha marta tulash orqali jinsiy nasl beradi. Jinsiy etilmagan ishchi termitlar – oziq yig‘ish, naslga g‘amho‘rlik qilish, ona termit qo‘ygan tuxumlarga qarash, lichinkalarni tarbiyalash va uyadagi barcha guruhlarni oziqlantirish, uyalar qurish vazifalarini bajaradi .

2.4.2-rasm Ishchi termitning ko’rinishi
Askarlar – jinsiy etilmagan, lichinkalar yoki ishchi‖lar rivojlanishidan hosil bo‘lgan, bosh qismi yirik, kuchli jag‘li tabaqa. Askarlar hosil bo‘lishidan oldin chala askarlar yuzaga keladi, ulardan esa askarlar rivojlanadi. Askar termitlar uyada ishchi‖larga nisbatan juda kamroq bo‘lib, ulardan bosh qismining yirikligi, yirtqich ko‘rinishidagi jag‘lari bilan ajralib turadi. Ular uya shikastlanganda qayta tiklash, asaosan esa koloniyani tashqi dushmandan himoyalash vazifasini bajaradi. Jinsiy voyaga etishgan qanotli urg‘ochi va erkak termitlar – lichinkalarning bir necha marta tullab nimfalarga aylanganidan paydo bo‘ladi. Qanotli shaklllilar, termitlar jamoasida faol ishtirok etmaydi balki, qanot hosil qilib tinchanish davrini o‘tagach, oilani tark etib, yangi oila hosil qiladi va termitlar tarqalishida muhim rol o‘ynaydi .
Qanotli termitlarning umumiy ko’rinishi
Termitlar uchish oldidan uya tepasidan chiqish eshiklarini ochib, undan qanotli zotlar chiqadi. Erkak va urg‘ochi termitlar jinsiy qo‘shilganidan so‘ng juft-juft bo‘lib tuproqqa kirib, yangi oila hosil qiladilar va 3-5 sm dan uya kameralarini qura boshlaydilar
Termitlar uchib chiqish mobaynida shamol oqimiga duch kelsa, ular uzoq masofaga tarqalishi mumkin. Oila asoschilari bo‘lgan, qanotini tashlagan urg‘ochi va erkak termitlar bir necha yil yashay oladi.
Urg‘ochi va erkak termitlar «o‘rinbosarlari» 6 yoshdagi nimfalardan ajralib chiqadi. Nimfalar termit lichinkasining 3 yoshidan so‘ng ajralib chiqadi. Bunda nimfa (bazi hasharotlar urug‘ining rivojlanishidagi ikkinchi davr) 6 yoshni o‘tkazib, imagoga aylanadi. Termitlar koloniyasi yer tagida yashirin holatda hayot kechiradi. Tuproqda va yer yuzasida, binolarning devorlari orasida, tomonlarida, daraxtlarda uyalar hosil qiladi. Tropik mamlakatlarda uchraydigan termitlar yer yuzasidan balandligi 5-7 hattoki 15 metrgacha bo‘lgan gumbazlar yasaydi va guruhlarga bo‘linib yashaydilar. Termitlarning yashirin hayot tarzi, ekologik tashqi muhit omillaridan himoyalanganligi va termitlar sonining nihoyatda ko`pligi, ularga qarshi kurash choralari o`tkazilgan taqdirda ham oz miqdorda qolgan termitlar tezlikda o`z populatsiyasini qayta tiklash qobiliyatini saqlab qoladi
O‘zbekistonda tarqalgan Turkiston va Katta kaspiy orti termitlari tashqi ko‘rinishidan bir – biriga juda o‘xshash bo‘lib, biroq Kaspiy orti termiti ozgina yirikligi hamda qanotlarining rangining ochiq tusda bo‘lishi bilan Turkiston termitidan farqlanadi. Kaspiy orti termiti cho‘l regionlarida, qumloq, kuchli sho‘rlangan tuproqlarda keng tarqalgan. Yer yuzida balandligi 25-30 sm (ayrim vaqtlari 1 metirgacha) aylanishi 2-3 metr bo‘lgan do‘ngliklarda yashaydi. Turkiston termiti asosan tog‘li tumanlarda uchraydi. Yer yuzida do‘ngliklar qurmaydi. Bu 2 tur termitlar uyalari ham juda ko‘p kameralardan iborat bo‘lib, ularning chuqur qismidagi yo‘llari er osti suvigacha boradi va 16 m chuqurlikkacha termitlar uchraydi. Bahorda (aprel) yog‘in-sochin vaqtlarida termitlarning qanotlari o‘sib chiqadi. Erkak va urg‘ochi termitlar juftlashgandan so‘ng qanotlarini tashlab juft-juft bo‘lib, tuproqqa kirib ketadi va toza kolloniya tuzadi. Bu toza kolloniyada qo‘yilgan dastlabki tuxumlardan chiqqan lichinikalarni «malika» va «shoh» yani ota-onalari o‘zlari tarbiyalaydi. Keyingi chiqqan lichinkalarga dastlabki avlodlar g‘amxo‘rlik etadi. Bu vaqtda «malika» va «shoh» faqat tuxum qo‘yish bilan band bo‘ladi. Termitlar juda ko‘p miqdorda tuxum qo‘yadi. Ayniqsa eski kolloniyada malikasi 1 milliongacha tuxum qo‘yadi. Bir termit uyasida uning kattaligiga karab 3000 dan 50000 gacha termit bo‘lishi mumkin hisoblangan. Termitlarning oziqlanishi boshqa hashoratlar singari shirali, suvli oziq moddalarga o‘ch emas. Ular asosan qurigan yog‘och, aniqrog‘i tsellyuloza yoki klechatka bilan oziqlanadi. Tabiiy sharoitda termitlar ying‘il, yontoq, seksevil, aygaboqar, isiriq, oq terak, tol, tut, o‘rik, jiyda, to‘rang‘il, qamish o‘simliklari bilan oziqlanadi. Termitlar tabiiy sharoitda quruq yoki chala quruq o‘simliklar va yog‘ochlar bilan oziqlanadi. Agarda tabiiy oziq moddalari oz bo‘lsa termitlar tabiiy emas oziq moddalarni yeyishga majbur bo‘ladi. Shuning uchun ular aholi punktlardagi imoratlardagi yog‘ochdan ishlanadigan buyumlarni yeydi. Termitlar uy sharoitida qurilish materiallaridan boshqa bug‘doy, sholi, kartoshka, oshqovoq, sabzi, qoq eriklar bilan ham oziqlanadiganini ilmiy ishlardan ma’lum. Termitlar odatda yer betiga chiqmaydilar va hech qachon ochiq joyda oziqlanmaydilar. Ammo, ochiq holda ovqat yig‘ish shamolsiz, iliq kunlari amalga oshirilishi bundan istisnodir. ( Xamraev, 2008). Ular tuproq zarrachalarini bir-biriga yopishtirib, yupqa loy-suvoq hosil qiladilar va yeydigan ozuqalarining ustini ham loy parda bilan o‘raydilar. O‘simlik poyasi g‘ilof loy-suvoq bilan qaplanadi, so‘ngra bu g‘ilof ichidagi o‘simlik bilan termitlar oziqlanadi. Termitlarning tarqalishi. Markaziy Osiyoda termitlarning 2 turi ya‘ni katta Kaspiy orti (Anacanthotermes ahngeranus Jacobs) va Turkiston (A.turkestanicus Jacobs) turlari yashaydi. Bizning respublikamizda Turkiston termiti ko‘proq tarqalgan bo‘lib, ularning imoratlarga keltiradigan iqtisodiy zarari kundan-kunga ortib bormoqda. Bular asosan Qoraqalpog‘iston respublikasining Beruniy, To‘rtkul, Ellikqal‗a, Xo‘jeyli, Qo‘ng‘irot. Taxtako‘pir tumanlarida, Nukus shahrining O‘roq-bolg‘a, Sarancha, Ko‗sko‘l hududlarida ko‘proq tarqalgan .Termitlarning tarqalishiga qarshi 2017 yilning 14-21 iyul kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyatlarida mutasaddi xizmatlar hamkorligida aholi xonadonlarining termit bilan zararlanganlik holatini oʻrganish, zararlangan xonadonlarga zaharli yemxoʻraklar oʻrnatish, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy va madaniy meʼros obʼyektlarida termit tarqalishining oldini olish hamda zararini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Tadbirlar davomida 589 ta aholi xonadonlari va 58 ta iqtisodiy-ijtimoiy, 11 ta madaniy va tarixiy obektlarda kimyoviy ishlov berish ishlari olib borilib, 1257 ta zaharli yem-xoʻraklar oʻrnatildi, 11430 m2 termit tarqalgan dala va maydonlarda zararsizlantirish ishlari amalga oshirildi
.
2.4.3-rasm 8-12 m balandlikdagi termitlar uyasining ko’rinishi
Masalan: Beruniy tumanida joylashgan Boday-to‘qay davlat qo‘riqxonasi hududida saksovul, yilg‘in o‘simliklarining zararlanishi, zararlangan o‘simliklar maydoni kengayib bormoqda. Bu qo‘riqxona kontorasi va unga yaqin joylashgan oqtog‘ hududi punktida yashayotgan 15 xo‘jalikka o‘tib, zarar keltirmoqda. Mo‘ynoq tumanining uchsoy bo‘limida 180 xo‘jalik zarar ko‘rgan. Termitlarning jabridan bolalar bog‘chasi yaroqsiz ahvolga kelgan, kutubxonaning ham ahvoli yaxshi emas. Tabiiy sharoitda saksovul o‘simliklari kuchli zararlangan. Qo‘ng‘irot tumaniga qarashli Elobot bo‘lim fuqarolar yig‘ini qo‘ng‘irot shahriga 40 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, kichik bo‘lim hisoblanadi. Bo‘limda maktab, bolalar bog‘chasi, poliklinika, dukonlar 1998 yili foydalanishga topshirilgan. Oradan 1 yil o‘tib maktapda termitlar bilan zararlanish kuzatilgan. Maktab 2007 – yili qayta rekonstruktsiya qilishga majbur bo‘lgan. Sababi, jismoniy tarbiya darsi o‘tiladigan sport zali va boshqa kabinetlar pollari yaroqsiz ahvolga kelgan. Bundan boshqa maktabni elektr toki bilan ta‘minlaydigan shitlar joylashgan xona ham termitlardan kuchli zarar ko‘rgan. Taxtako‘pir tumanida termitlardan 140 ta aholi turar joyi zarar ko‘rgan, Shuningdek, o‘sib turgan gujum yog‘ochlar, jiyda, o‘rik daraxtlari zararlangan. Xo‘jeyli tumani. Ketmanchi bobo, Sari eshon avliyosi va atrofidagi uylar, Saroyko‘l OFY (Erkin Daulet, Bo‘z xovli, Fillan oy aholi punktlari) -10, Sarishungil OFY (Tog‘cha qishlog‘i) -60, Nazlimxan suluv, Yusup – eshon avliyolarida tarqalgan. Taxiatash shahri. 2-kichik tumanda -130, №8 MPJ, gidrouzel ko‘chasida – 35 aholi turar joyi zarar ko‘rgan. Tarixda termitlarning zararli ta‘siri natijasida ayrim aholi punktlari, hatto, shaharlarni ko`chirishga majbur bo`lishgani to`g`risida ma‘lumotlar bor. Nukus shahriga qarashli quydagi ovul fuqarolar yig‘inlarida: Jayxun -450, Navro‘z -350, Taslaq -1, Taslaq -2, qum-avul hududlarida 350 aholi turar joyi zararlangan. Nukus-Beruniy yo‘lida 412 stolba termitlardan zararlangan
Termitlar boshqa hashoratlar iste‘mol qilib bo‘lmaydigan mahsulot termitlar uchun asosiy ozuqa hisoblanadi. Tabiiy sharoitda cho‘l, chalasahro va sahro zonalarida termitlar asosan qurigan o‘simlik qismlari bilan oziqalanadi, botazorlarga zarar yetkazadi, shuning uchun ham yaylovlar termitlardan katta zarar ko‘radi. Tabiiy sharoitda ishchi termitlar butun vegetatsiya davrida, ya‘ni aprel oyining oxiridan oktabr oyigacha tayyorlaydi va zaxiralarini to‘ldiradi. Termitlar o‘simliklar bilan oziqlanishga moslashgan. Olimlar tomonidan kuzatilgan deyarli barcha termitlar odatda ko‘pchiligi o‘simlik dunyosidan hosil bo‘lgan turli yog‘och mahsulotlari bilan oziqlanadi. Butun guruhni ishchi termitlar oziqa bilan ta‘minlaydilar
Termitlar asosan tabiatda va aholi yashaydigan hududlarda tarqalgan bo‘lib, o‘zining zararli faoliyati bilan ma‘lum. Ularning tabiatda, turar-joylarda va ma‘muriy binolarning zaralanishini aniqlashning bir necha usullari mavjud. Termit uyalarini aniqlash. Tabiatda va aholi yashash joylarida termit uyalarini aniqlash ularning ko‘chib uchishi orqali aniqlasa bo‘ladi. Bu davrda termitlar o‘zlarining yashirin hayot kechirish tarzini buzib, ommaviy ravishda yer osti uyalaridan, daraxtlardan yoki uylarning yog‘och qismlaridan tuproq betiga, uylarning tomlaridan uchib chiqishi tufayli ularning joylashgan uyalari aniqlaniladi. Qanotli termit individlarining uchishi yoki ko‘chib uchishi‖ odatda yiliga bir marta kuzatiladi. Ko‘chib uchishi‖ davrida ishchi termitlar uya tepasida teshiklarhosil qilib, shu teshiklar orqali tashqariga ishchi termitlari, askarlari, qanotlilar chiqadi. Qanotli termitlar shamol yo‘nalishiga qarab uchadi. Ko‘chib uchishi iliq yomg‘irdan keyin yoki yomg‘ir oralig‘ida asosan kuduzi ba‘zan kevhqurun amalga oshiriladi. Uchish qisqa (30-40 min) muddatda tugatilishi mumkin, lekin ayrim hollarda bir oy va undan ortiq ham katta tanaffuslar bilan davom etishi mumkin. Ko‘chib chiqish‖ davrida termitlar o‘z uyalaridan bir necha metr masofagacha tarqaladi. Aholi punktlarida ko‘chib chiqish‖ asosan tandirlar atrofidan, ariqlar chetidan sodir bo‘ladi. Qurilishlarda esa pechkalar yonidan, uyning sharq va janub devorlari oynalari ostidan, omboronalar yonidan, elektr va telegraf yog‘och ustunlari atrofidan kuzatiladi. Ko‘chib chiqish‖ termitlar uyasini aniqlashning qulay fursati hisoblanadi
Termitlarning ko’chib uyasini solısh jarayoni Termitlarning yer yuziga chiqishi. Termitlar ayrim hollarda oziqa to‘plash maqsadida uyalaridan yer yuziga chiqadilar. Hashorat bunday ochiq holda ovqat yig‘ishni shamolsiz, iliq kunlarda amalga oshiradi. Ochiq holda oziqa yig‘ish bevosita uyalar yoki ular atrofida kuzatiladi.
Markaziy Osiyoda - ikki oilaga (Hodotermitidae, Termitidae) termitlarning 4 turi, O’zbekistonda esa Hodotermitidae oilasining Ancanthotermes avlodiga tegishli A.turkestanicus, A.ahngerianus turlari keng tarqalgan Turkiston termiti (Anacanthotermes turkestanicus Jacobs.) Markaziy Osiyoda odatdagi tur bo’lib, yaxshi aeratsiyalanadigan sho’rlanmagan yoki kuchsiz sho’rlangan gipsli tekislik va tog’oldi, sog’ tuproqli xududlarda tarqalgan bo’lib, qoidaga binoan taqir, sho’rlangan qumli tuproqlarda uchramaydi. Turkiston termitining statsiyasi o’tloqi allyuvial tuproqlarga xos bo’lib, yantoqzor (Alhogieta rersarium), qo’ng’irbosh (poeta bulbosal), yaltirbosh (Anisonthae lectoria), goldbaxiya (Goldbachieta lacvigata), isiriq (peganeta harmolae), sofora (Vexieta pachucarpae), quyonarpa (Hordecta liporinum), qo’ytikan (Xanthieta spinosum), temirtikan (Thibutueta terristris), sho’radoshlar (Solsola Sp.Sp.) va oqbosh (Karelinieta caspical) kabi o’simliklar statsiyasida uchraydi. Bu termitning uyasi yer ostida yashiringan, uya yer ustida do’nglik hosil qilmaydi. Uya ko’psonli tartibsiz joylashgan kameralar hosil qilib, yer osti yo’llari orqali ular bir-biriga tutashgan termitlarning eski yirik koloniyalar uyasi, yosh koloniyalar uyasidan kameralarning ko’psonligi, ustki, o’rta va ostki kameralari mavjudligi, shuningdek bu kameralar tuprog’ining qattiqligi bilan farqlanadi. Kameralar ichidagi bo’shliq balandligi 8-12 mm, umumiy o’lchami esa 5-50 sm2 bo’lib, tepasi tekis va gumbazsimon bo’ladi. Uya markazidagi 30 sm va undan chuqurroqdagi kameralar odatda yirik bo’lib, ularning o’lchami 60-100 sm2 yetadi. pasti tekis, tepasi esa o’ziga xos tuzilishga ega, yani ularda halqasimon chuqurligi 1-2 sm keladigan, diametri 2-4 sm li bo’lib, tepasining o’rta atrofi bir oz pastga osilib turganga o’xshaydi. Halqali botiq tomondan yana 2-3 radial chuqurchalar o’tadi. Kamera tepasidagi chuqurchalar ko’pincha boshqacha shaklda bo’ladi, ammo hech qachon bunday kameralarning tepasi tekis bo’lmaydi. Kamera tepasining bunday shaklda tuzilishi sathining keng bo’lishi va natijada, unga bir necha yuz termit joylashtirish imkonini beradi. Har bir kameradan qo’shni kameraga tutashuvchi 4x6 va 5x6 mm yo’llar o’tadi, ayrim yo’llar bundan ham kengroq bo’ladi. Uya tepasida chiqish tuynikchalar (qanotli termitlar uchib chiqish davridan tashqari) bo’lmaydi. Termitlar yer osti yo’llari orqali turli tomonlarga tarqaladilar va uyadan bir qancha uzoqlashganlaridan keyin yer betiga chiqadilar. To’liq rivojlangan, oila barcha tabaqasi bo’lgan bir necha o’n ming termit zotlaridan iborat. Qish va bahor fasllarida Turkiston termiti oilasi shoxona juftlar (“Malika” va “Shoh”) ko’pdan – ko’p ishchilar, navkarlar, ko’pgina nimfa, qanotli imago va katta yoshdagi lichinkalardan tarkib topadi. Qishda tuxum va birinchi yoshdagi lichinkalar bo’lmaydi, chunki yilning sovuq davrida tuxum qo’yish to’xtaydi.
Bahorda, odatda iliq yomg’irdan so’ng qanotli erkak va urg’ochilar asosiy uyani tark etib, uchib chiqadilar. Uyada yangi qanotli zotlar avgust-sentyabr oylarida nimfalar hisobiga hosil bo’ladilar. Shuning uchun ham butun yoz davomida termitlar uyasida qanotli zotlar bo’lmaydilar. Tuxum qo’yish may oyidan boshlanib, kech kuzgacha davom etadi. Termitlar oziqa sifatida o’simliklarning qurigan poyalari va novdalarini iste’mol qiladilar. Bunday oziqalarni katta yoshdagi 2 sm dan oshmagan bo’lakchalarga bo’lib qirqadilar va loy suvoq yer osti yo’llari orqali asosiy uyaga tashiydilar. O’zlashtirilmagan yerlarda termitlar sezilarli zarar yetqazmasada, ammo aholi turar joylarida termitlar binolarning yog’och qismlarini yemirib oziqlanadilar. Kuchli zararlanishda termitlarning yo’l va kameralari bilan yerto’la, devorlar oralig’i, isitish manbalari atrofi, shift to’shamalari va mahalliy qurilishlarning tomlari zich qoplanganligi kuzatiladi. Natijada bino o’ziga xos termit uyasiga aylanadi. Binodagi va uning atrofidagi barcha termit yo’llari bir-biriga tutashgan bo’lib, ayniqsa uning yo’nalishi ariqlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Isitiladigan binolarda termitlarning rivojlanishi yil bo’yi davom etadi. 1948 yili zilzila tufayli Turkmaniston poytaxti Ashxabat shahrining vayronaga aylanishida ham termitlar yetkazgan zarar asosiy sabab bo’lgan (Ilgpichev i dr.,1987). Keyingi yillarda Markaziy Osiyo shahar va qishloqlari mutlaqo o’zgardi, ularda beton va pishgan g’ishtlardan yangi zamonaviy binolar barpo etildi. Ko’chalar asfalt bilan qoplandi, yangi xiyobonlar, istiroxat bog’lari tashkil qilindi. Bu barcha termitlarning turar–joy va inshootlarga o’tishi va rivojlanishiga ma’lum darajada to’sqinlik qiladi. Ammo tuproqning termitlar bilan kuchli zararlanganligi tufayli zararkunanda vayrongarchilikemirish faoliyatini jadal ravishda davom ettirmoqda.
Katta kaspiy orti termiti (Anacanthatermes ahngerianus Jacobs), turkiston termiti tarqalgan xududilarda ham uchrab 47-paralleldan shimoliyg’arbdan kirib borib undan ham narida uchraydi. Arealning sharqiy qismida uchrab o’z o’rnini turkiston termitiga bo’shatib beradi. Uning katta tig’iz uyalari qurigan o’simliklarga boy bo’lgan tuproqli tekisliklarda uchraydi. Katta kaspiy orti termiti turli xil sho’radoshlar (Salsoleta Sp.Sp.) bilan siyrak qoplangan taqirsimon tuproqli tekistliklardan hamda shuvoqlar (Artimesia turanicae) yantoqzor (Alhogieta rersarium,) yulg’unzor (Tamariceta Sp.Sp), saksavulzor (Haloxyleta persici), (Haloxyleta aphylli), cherkez (Salsoleta richterii), astragal (Astragaleta Sp.Sp) va ferula (Feryleta Sp.Sp) singari o’simliklar o’sadigan pastbalandliklardan iborat qumliklarda ham uchraydi. Qanotli imagolarning uyadan uchib chiqishi bahorda, odatda aprel-may oylarida, yomg’irdan keyin kunduzgi va kechqurungi soatlarda uchib chiqishi kuzatiladi. Termitlarning uchishi kuchsiz bo’lib, shamol uzoqga olib ketmasa, uya atrofidan yiroqqa ucha olmaydi. Ma’lum vaqtdan keyin termitlar yerga qo’nib qanotlarini sindiradilar, tez yugurishib o’z juftlarini izlay boshlaydilar. Uyani juft asoschilar qura boshlab, birinchi tartibdagi kameralar hosil qiluvchi dastlabki vertikal yoki qiya inchalar qaza boshlaydilar. Oila rivojlangan sari, tepa kameralardan yangi kamerali vertikal yo’llar quriladi. Chiqarilgan tuproqdan juda past, asosining diametri 50 sm bo’lgan to’g’ri konus hosil qilib, ularda ikkinchi tartibdagi yassi kameralar yasaydilar, uya ichida yangi kamera va yo’llar qurilishi davom etadi. Muntazam ravishda va juda sekin tepaga balandlikka va diametriga o’sa boshlab, gumbaz shakliga kiradi. Tepacha past bo’lganda, termitlar uning ostki tepa qismida ozmi ko’pmi bir tekisda joylashadi. Yer ustki tepachasi o’sgan sari uya ichidagi harorat rejimi ham o’zgaradi, janubiy-sharq qismi shimoliy-g’arb qismiga nisbatan kuchliroq qiziydi. Bahorda termitlar bir muncha yashaydigan kameralariga yig’ilib, shimoliyg’arb sovuqroq kameralariga eksprementlarini tashiydilar. Tepacha osti yashash qismi (kapsula) dan xar yili termitlar uchib chiqqandan keyin yangidan loy po’stlog’i bilan qoplanishi tufayli u muntazam ravishda ko’tarila boradi. Bu o’z navbatida termit suv o’tqazmaydigan taqir tuproqli yashash sharoitidan kelib chiqqan. Yomg’ir ko’p yog’ib suv yer yuzasidan uzoq turib qolgan davrda ham uya do’ngligi bamisoli uning tomi sifatida uni asraydi. Shuning bilan bir qatorda, bu do’nglik uya ichidagi aeratsiyani yaxshilaydi va yer yuzasi yomg’ir suv bilan qoplanganda uyani tezda kislarod bilan topldirishga xizmat qiladi. 2000 - yili noyabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi xududida joylashgan Baday-topqay qopriqxonasidagi katta kaspiy orti termitining uyalaridan biri 160 sm chuqurlikkacha qazilib, uning quyidagi o’lchamlari qayd etildi, uya do’ngligining balandligi 60 sm, do’nglik asosining diametri 165 sm do’nglikning yuqorigi eni kichik diametri 131 sm yer ostki qismining eng katta diametri 370 sm , uya kameralarining eng chuqurligi 157 sm ekanligi qayd qilindi. Yuqorida koprsatib o’tganimizdek katta kaspiy orti termiti uya do’ngligining hajmi termitlar loy suvog’i hisobida ham kengayadi. Bahor, yoz fasllarida termitlar jag’larida loy va tuproq bo’lakchalarini so’laklari bilan xo’llab, do’ngliklar ustida yupqa loy po’stloqlari hosil qiladilar. Ammo bu loy po’stloq do’nglik ustiga jips yopishmaydi va ular orasida bir oz bo’shliq hosil bo’lib qoladi. Bu bo’shliqlar kameralarga o’xshash xususiyatini bajarishga mo’ljallangan bo’lib, ular orqali mayda teshikchalar yordamida uyadan tashqariga chiqishini, oraliq bo’shliqlar esa termitlarning loy suvash davrida bemalol harakatini ta’minlaydi. Yangi loy suvoqlar eskilaridan o’zining namiqib turganligi bilan ajralib turadi. Ammo birinchi yomg’irdan so’ng bu loy suvoqlar termit uya do’ngligiga mahkam yopishib qolishi va natijada oraliq bo’shliqlar va do’ngli sirtidagi teshiklar mahkam bekitilishi, do’ngni usti esa silliqlanib qolishi kuzatiladi. Do’nglik o’sgan sari u assimmetrik shaklga kiradi, uning tepasi asta –sekin janubiy-sharqa qarab siljiydi. Shimoliy –g’arb qism uzunchoq shleyf shaklida qolib uning ostki kameralari eski chirigan ekskrementlar bilan topldirilgan bopladi. Uya tashqi qismi balandligi va shakliga maxalliy sharoitning turli fizikgeografik xususiyatlari jumladan rel’ef, tuproq, o’simlik qoplami ham tasir ko’rsatadi. Jumladan, Baday-to’qay qopriqxonasining janubiy g’arbidagi taqirsimon tuproqlarda yuvilib ketmaydigan, qum bosmaydigan baland uyalar uchrasa, Qizilqum xududlaridagi qumli tuproqlarda esa nisbatan yassiroq shaklli uyalar uchraydi. Bu xildagi uya qum ko’chgan joydan bir muncha balandroq bo’ladi. (Xamraev va b.q., 2000) Yulg’un va saksovul butalari o’sgan tuproq ostida termitlar uyalari qayd qilinib bunday uyalar do’ngligi birmuncha past bo’ladi. Rivojlangan katta kaspiy orti oila termiti uyasida 30 mingdan ortiq (Il’ichev i dr. 1987) hatto 52 mingdan ziyod termit zotlari bo’lib, ularning asosiy qismini turli yoshdagi lichinka va ishchilar tashkil qiladi. Turli uyalardagi navkarlar soni bir biridan keskin farqlanib bu termitlar uyasining tashqi dushmanlar, birinchi navbatda yirtqich chumolilar xujumiga duch keladigan yerga joylanishiga bog’liq. Oila tarkibi yil fasliga qarab o’zgarib turadi. Bahor va kuzda uya asosiy miqdoriy sonini yirik ishchilar egallaydi. Yozda koppchilik ishchilar oziqa yig’ish maqsadida uyadan tashqaridagi yer osti yo’llarida faollik ko’rsatganliklari tufayli, uyada tuxumlar, turli yoshlardagi ko’p sonli lichinkalar va nimfalar paydo bo’ladi. Kuzda, qish faslida qishlab qoluvchi qanotli zotlar hosil boladi. Termitlarning asosiy oziqasini o’tsimon o’simliklar va yarimbutalarning qurigan shohlari tashkil qiladi. Ishchilar oziqani, tuproq kesakchalarini jig’ildon ajratgan so’lak aralashmasi yordamida xo’llab bir biriga yopishtirgan yupqa loy suvoq ostida to’playdilar. Maksimal loy suvoq o’rami intensivligi kunduzgi soatlarda kuzatiladi. Bu termitlar nafaqat yagona oilalarda yashabgina qolmay, balki butun koloniyalarga birlashib uning chegarasida bir-biriga o’tib va oziqa tashiydilar.
Termitlarning kollonial tarzda yashashi va bir muncha masofaga yura olishi ularga katta masofadan oziqa to’plash imkoniyatlarini yaratadi. Amalda yoz faslida termitlar o’zlari tarqalgan xududdagi qurigan o’tsimon o’simliklar qoldiqlarini to’liq yo’q qilishlari mumkin. Katta kasbiy orti termiti saxro sertuproq biotsenozining xarakterli va muhim elementi hisoblanadi. U tuproq strukturasi va tarkibini jiddiy o’zgartirib o’simlik qoldiqlarini chirindiga aylantirishda faol qatnashadi va oziqa zanjiri zvenosida muhim xizmat qiladi. A.ahngerianus tabiiy sharoitda ayrim joylarda yarim buta va qum ko’chishi oldini oluvchi o’simliklarni holsizlantirsada, vegetatsiya davridagi yaylov o’simliklariga sezilarli zarar yetqazmaydi. Katta kaspiy orti termiti, turkiston termitiga nisbatan aholi yashash punktlariga bir oz qiyinroq moslashadi. Ammo Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlarining ayrim xududlarida bu tur shahar va qishloqlardagi turar joylar va binolarning zararkunandasi sifatida jiddiy talofot yetkazmoqdi. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumani Badaytuqay qopriqxonasi xududi, shu tumanning Oq tau poselkasi, Xorazm viloyati Shovot tumani, Buxoro viloyati Qarovulbozor shahri va h. Bu zararkunanda Beruniy-Nukus avtomobil trassasida telegraf simyog’ochlarining 80% jiddiy shikastlangan. Bundan tashqari katta kaspiy orti termiti termir yo’l shpallari va gidrotexnik inshootlarga ham jiddiy talofot yetqazishi kuzatilgan.
Oliy termitlarning Amitermes rhizofagus Bel. va Microcerotermes turkmenicus Lupp. turlari Turkmaniston Respublikasi xududlarida kamdan-kam (siyrak) uchrab, katta miqdoriy songa erishmaydilar, shu munosabat bilan garchand bu turlar qurilishlarni yog’och elementlari bilan oziqlansalarda, ammo sezilarli zarar yetkazmaydilar. Sariq bo’yin termit (Kalotermes flavicollis Fabr) Kavkaz Qora dengiz sohilida uchrab, qurigan daraxt yog’ochini chiritishda va o’rmonda sanitar vazifasini bajaruvchi kamsonli tur hisoblanadi. Ammo keyingi yillarda kurort xududlarida bog’ park daraxtlarining zararkunandasi sifatida qayd etilgan. Yorug’likdan qo’rquvchi termit (Reticulitermes lucifugus Rossi) Ukrainaning janubi, Ozerbayjon va Armeniyada eski daraxt to’nkalari, quriyotgan daraxtlar, yarim butalar, butachalar va ko’p yillik o’simliklarning asoslariga uya quradi. Tuproqdagi yashash kameralarining chuqurligi 50 sm oshmaydi. Bu termit turi Ukrainaning Nikolaev, Odessa viloyatlarida va Izrayilda ko’pchilik uylarni yemirishi qayd etildi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin