O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona davlat Universiteti



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə10/20
tarix10.06.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#61176
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Yangi MD

Panaphis juglandisning yong’oq o’simligi barglarida ko’p uchrashlari markaziy tekisliklarda may oyining boshlariga to’g’ri keladi.
Ob - havoning isib ketishi va havoning nisbiy namligi keskin kamayib ketishi tufayli may oyining oxiri iyun oylaridan boshlab yong’oqda bu turning miqdori keskin kamayadi. Muhitning abiotik va biotik omillari harorat, yorug’lik, havoning nisbiy namligi, shamolning esishi, relefning o’ziga xosligi, o’simliklarning hilma hilligi, entomofaglarning mavjudligi bevosita yoki bilvosita shiralarga o’z ta’sirini o’tkazadi. Mazkur tabiiy omillarni turli hududlarda o’ziga xos tarzda bo’lishi bu mintaqalarda uchrovchi shiralarning biologik, ekologik xususiyatlarida o’z aksini topadi.
Barg ostki yong’oq shirasi ( Chromaphis juglandicola Kalt) yong`oq bargininig ostki tomonida hayot kechiradi bu shira yosh barglarda qalin, yirik barglarda siyrak holda tarqalib to`qima suyuqligini so`radi ( Nevskiy 1929-yil ; Narziqulov 1962-yil; Muxamadiyev 1979-yil).
Chromaphis juglandicola shirasi yong`oq ko`chatlarining rivojlanishiga hosildorlikni pasayishiga salbiy tasir ko’rsatadi. Bu shiralar markaziy tekisliklarda va tog’ oldi hududlarda keng tarqalgan.
Yozning issiq kunlarida lichinkalarning voyaga yetish davri sekinlashadi. Kunning issiq paytlarida ularning tug’ilish soni ham nisbatan kamayadi.
Barg ostki yong’oq shirasi yozda yong’oqda butunlay yo’qolib ketmaydi, uning oz miqdordagi individlari yoz davomida saqlanib qoladi. Iyul oylarining o’rtalaridan boshlab shiralar yong’oq o’simligida ko’payaya boshlaydi.Avgust oylarining boshlarida shiralar miqdori yana o’simlikda yuqori cho’qqiga chiqa boshlaydi. Bu davrda tug’ilgan lichinkalar 12-15 kun davomida rivojlanib voyaga yetadi. Sentabr oyining boshlarida tug’ilgan lichinkalar rivojlanib tuxum qo’yuvchi urg’ochi va erkak shiralarga aylanadi. Tuxum qo’yuvchi urg’ochi shiralar bargning orqa tomonida yakka- yakka holatda kam sonda uchraydi. Erkak shira urg’ochilarga nisbatan kam umr ko’radi .
Muhitning abiotik va biotik omillari harakat yorug’lik havoning namligi shamolning esishi, relefning o’ziga hosligi entomofaglarning mavjudligi barg ostiga yong’oq shirasini hayotiga bevosita yoki bilvosita o’z tasirini o’tkazadi. [38]
Hashorotlarning tana harorati atrof muhit haroratiga qarab o’zgarib turadi.
Chromphis juglandicolaning rivojlanish tezligi harorat sharoitlarga bog’liq holda bo’ladi masalan: barg osti yong’oq shirasining rivojlanib,voyaga yetish davri harorat 220 c ga yetganda 13-15 kunda +29 0c da esa 8-10 kunda tugallanadi.
Kichik yong’oq shirasini lichinka tug’ishi uchun optimal haroratlar 20-250 c orasida bo’lishi aniqlandi. Havo harorati ortib ketgan vaqtda kichik yong’oq shirasining lichinka tug’ish miqdori sezilarli darajada kamayadi.
Bahorning ohiri yozning boshlarida havo haroratining shiralar hayotiga, rivojlanishning sekinlashib qolishiga va miqdorni ozayib ketishga olib keladi.Shunga qaramasdan barg ostki yong’oq shirasi yong’oqda butunlay yo’qolib ketmaydi. Uning ma’lum miqdordagi individlari yoz davomida saqlanib qoladi.
Barg ostki yong’oq shirasining ko’payishi va rivojlanishiga havo namligi o’z tasirini o’tkazmay qolmaydi. Jumladan, yorug’lik va issiqlik yetarli havo namligi yetarli bo’lganda shiralar faol ko’paya boshlaydi. Bu hildagi ko’payishni bahorni o’rtalardan boshlab kuzatish mumkin.To’dadagi individlar soni ko’payib borgan sari ular o’rtasida ozuqa uchun raqobart kuchayadi.
Chromphis juglandicolaning rivojlanishi tarqiyotiga yong’oq barglarining dag’allashuvi salbiy ta’sir ko’rsatadi. Yoz oylaridan boshlab yong’oq daraxtining barglari dag’allasha boshlaydi. Bu holat esa kichik yong’oq shirasining miqdorini iyul oyining o’rtalaridan boshlab kamayib ketishiga sabab bo’ladi. Bu paytda kichik yong’oq shirasi yangi rivojlangan barglarga ko’chib o’tadi va u yerda lichinkalar tug’a boshlaydi.
Shiralarni oziqlanish joyini tanlashi, to’dadagi shiralarni kop yoki ozligi nafaqat muhit omillariga, balki bu hashorotlarning xulq -atvor reaksiyalariga, ular o’rtasidagi etologik munosabatlarga bog’liq bo’ladi .
Shiralarning oziqlanish joylarini o’zgarishi va to’dadagi shiralarni ko’payishi yoki ozayishi bilan ularning o’simliklarga yetkazayotgan zarari ham kamayadi.
Olib borilgan kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, muhit omillarining mavsumiy va kunlik o’zgarishi bu hashorotlar hulq-atvor reaksiyalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Masalan, bahor oylarida haroratning keskin ko’tarilishi bilan kichik yong’oq shirasining yong’oq bargining markaziy tomiri atrofiga joylashib olganligini kuzatish mumkin. Havo haroratining pasayishi bilan shiralar 3-4 tadan bo’lib to’planib, barg ostida notekis joylashib oladi. Shiralarning hulq atvor reaksiyalari bu hashorotlarni muhitning o’zgaruvchan sharoitlariga oson moslashiga imkon yaratadin .
Tur ichidagi raqobatni kuchayishi hamda yong’oq o’simligi bargining dag’allashib borish jarayonini tezlashuvi, ildiz orqali so’rilayotgan va unda erigan moddalarni bargga emas, balki meva tomonga ko’plab yo’naltirilishi tufayli to’dalar ichida qanotlilarni ko’plab rivojlanishiga sababchi bo’ladi. Albatta, bunda yuqoridagi sabablardan tashqari vujudga keluvchi o’lja- yirtqich , parazit- ho’jayin munosabatlari ham bularni kelib chiqishiga sababchi bo’ladi .
Yong’oq barglarining dag’allashuvi, tur individlari ichidagi va turlararo munosabatlarni keskin tusga kirib borishi bu jarayonni tezlashtiradi. Bunda abiotik omillardan haroratning ortishi va havoning nisbiy namligining keskin kamayishi uyg’unlashgan holda ta’sir qiladi.
Qanotli tirik tug’uvchi urg’ochi shiralar harakatchan bo’ladi. Shira limfalarining harakatchanligi ozuqa joyini tez-tez almashtirib turilishi va yirtqish tekin ho’rlardan faol himoyalanishi, ya’ni entomofaglardan qochib, boshqa bargga o’tib olishi yoki umuman shu o’simlikni tark etishi bilan ajralib turadi.
Barg ostki yong’oq shirasi yong’oq daraxtida kunning yorug’ qismiga nisbatan tunda ko’proq lichinka tug’adi. Bu holat yoz kunlarida yaqqol seziladi. Bahor va kuz fasllarida tug’ilayotgan lichinkalar soniga kun va tunning farqi deyarli bilinmaydi.
Yozning boshlarida yong’oq o’simligida barg ostki yong’oq shirasining miqdori keskin kamayadi; oziqlanish sharoitining yomonlashuvi, entomofaglarning faollashi tufayli shiralar soni kamayadi. Kunning issiq paytlarida kichik yong’oq shiralari quyosh nuri tushmaydigan barglarga o’tib oladi. Qanotli shiralarning havoga ko’plab uchib yurganligini kuzatish mumkin. Kun kechikkan paytda ular yana uchki barglarga o’tib oladi.
Barg ostki yong’oq shirasining sutka davomida bir hil darajada oziqlanmasligi kuzatiladi. Ushbu shiralarning oziqlanish darajasini sutka bo’ylab o’zgarishi o’simlikning fiziologik holatiga bog’liq bo’ladi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin