Olma barg burgasi - Psulla mali G’orst.
Mayda, kattaligi - 3 mm, 4 ta shaffof qanoti bor. Yoz oxirlariga borib, urg’ochisi sariq, mayda uzunchoq tuxumlar qo’yadi. Bahorda kurtaklar yozilishi bilan tuxumdan sariq oltioyoqli lichinkalar chiqib barg bandi va gul bandlarini o’zining shirin suyuqligi bilan ifloslaydi. Yil davomida bir marta avlod beradi. Qurtaklar gulg’unchalari, olma bargini zararalaydi. Zararlangan o’simlik mevasi sifatsiz, hosili kam bo’ladi .
Nok shirasi -Nok shirasi asosan nokka kuchli zarar yetkazadi. Kuchli zararlangan barglar naysimon buralib to‘kilib ketadi.
Voyaga yetgan nok shirasi 3 mm gacha bo‘ladi. Rangi sarg‘ish och yashil-qo‘ng‘ir tusda, qornida ko‘ndalang yo‘llar bor. Nok shira shirasining qanotlari tiniq bo‘lib, orqadagi chekkasida qoramtir dog‘i bor, orqa qanotlari oldingisidan kaltaroq .
Urg‘ochisi erkagidan kattaroq. Erkaklarida qorin bo‘g‘imlarining ostki qismida ikkitadan qoramtir ko‘ndalang yo‘l o‘tadi. Urg‘ochilarida esa 2 ta yumaloq dog‘ bo‘ladi.
Urg‘ochilarini qorin uchi osilib, erkaklariniki esa ko‘tarilib turadi.
2.2.5-rasm. Barg o’rovchi nok shirasi - Yerabura reaumuri Mordw.
Tuxumlari mayda va oq rangda, lichinka tuxumdan chiqishidan oldin sarg‘ayadi. Tuxumning bir uchida xivchini, ikkinchi uchida esa poyachasi bo‘lib, shu bilan daraxt shoxiga yopishib turadi. Lichinkasi qanotsiz, sariq yoki yashil rangli, yapaloq shaklli bo‘ladi. Katta lichinkasida boshlang‘ich qanot ko‘rinadi.
Nok shirasi voyaga yetgan bosqichida nok po‘stloqlari ostida, shoxlarida qishlaydi. Daraxt kurtak yozishidan oldinroq qishlovdan chiqib juftlashadi va tuxumini qurtaklar yaqiniga qo‘yadi .
Lichinka va voyaga yetgani nokning qurtaklari, barglari, gullari va nozik novdalarini so‘rib oziqlanadi. O‘zbekistonda 4-5 marta avlod beradi.
Markaziy Farg’ona shiralarining mavsumiy rivojlanish su’rati Markaziy Farg’onada mart oyining boshlaridayoq shiralarning qishlab chiqqan tuxumlari rivojlanishi kuzatiladi va qisqa muddat ichida tuxumlari rivojlanishi kuztiladi va qisqa muddat ichida 6-12 kun ichida asoschilar voyaga yetib tirik tug’a boshlaydi. Oyning ohiriga kelib teraklar va qayrag’ochlardagi gaplar-shishlar shakillanib ulguradi. Aprel oyining 10 kunlaridan boshlab, dastlabki qanotli shiralar ikkilamchi ozuqaga o’ta boshlaydi. Xuddi shu davrda tipik kserofil turlar rivojlanadi. Qandim, juzg’un, saksovul, turang’il, shuvoq kabi o’simliklar shiralarining ham jadvali rivojlana boshlaydi. Aprelning 3-dekabridan boshlab shiralarning miqdor zichligi ko’tarilishi kuzatiladi va bu jarayon jadallashib borib, may oyining 2-yarmiga borib yuqori nuqtasiga yetadi.Yani shiralarning rivojlanish dinamikasidagi bahorgi, yozgi ko’tarilish davri ayni shu kunlarda kuzatiladi. Iyun oyining 10 kunligidan boshlab shiralarning rivojlanish suratlaridagi pasyish kuzatiladi va bu pasayish oyning ohiri, iyul oyining birinchi 5 kunligiga qadar davom etadi va ayni shu davrdan boshlab shiralarning hayotidagi yozgi diapauza kuzatiladi. Avgust ohiri, sentyabr oylarining birinchi 10 kunligidan boshlab haroratning nisbatan pasayishi hisobniga shiralar uchun qulay sharoit yuzaga keladi, ayni shu holat shiralarning rivojlanish su’ratlaridagi ikkinchi ko’tarilish davriga asos bo’ladi. Ikkinchi ko’tarilish nuqtasi Markaziy Farg’ona sharoitida oktyabr oyining o’rtalariga to’g’ri keladi. Markaziy Farg’onada kuzning nisbatan nisbatan uzoq davom etishi hisobiga, shiralarning ohirgi namunalari noyabr oyining 5 kunligida ham yig’ish mumkin .
Dostları ilə paylaş: |